476
mlrd.so‘m, qurilish ishlari uchun 82339,0 mlrd.so‘m
miqdorida investitsiyalar
kiritildi. Bu esa, jalb etilayotgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligining
o‘sishiga ahamiyatli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur’atlarini moliyalashtirish manbalari
bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlanmagan hamda boshqa xorijiy
investitsiya
va kreditlarda kuzatilib, 2018 yilga nisbatan 4,1 marta o‘sdi.
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan
investitsiyalarda ham yuqori o‘sish sur’atlari – 3,6 martaga o‘sish kuzatilib, bu
mahsulot taqsimoti kelishuvi shartlari asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan
“Mustaqillikning 25 yilligi” konlarida qidiruv ishlarini
yakunlash va ishlar olib
borish, O‘zbekiston Respublikasi investitsiya bloklarida (Kultak-Qamashi,
Muborak, Surxon, Ashibuloq va Koskud, G‘arbiy Farg‘ona investitsiya bloklari)
neft-gaz konlariga ishlov berish va geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish,
hududlarda sement ishlab
chiqarishini tashkil etish, to‘qimachilik mahsulotlarini
ishlab chiqarishni tashkil etish kabi yirik investitsiya loyihalarining jadal
o‘zlashtirilgani bilan bog‘liq.
Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev
mamlakatimiz
hududlariga
salmoqli
investitsiyalarni kiritishga doir muammolarga alohida e’tibor
qaratish zarurligini
ta’kidlab, Milliy bank investitsiya faoliyatiga o‘z mablag‘lari bilan birga,
tashqaridan moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqishi kerakligini ham aytib o‘tdi.
1
2010 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga
investitsiyalar hajmi 15409,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilga
kelib bu
ko‘rsatkich 189924,3 mlrd. so‘mga etdi. Investitsiya sohasida shakllangan ijobiy
dinamika iqtisodiyotning o‘sishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi (16.4-jadval).
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.Mirziyoyеv “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kеrak”. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kеngaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. // Xalq so‘zi, 2017 yil
16 yanvar.