Asosiy tayanch tushunchalar
Yalpi talab
– barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat
tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish
mumkin bo‘lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi.
Yalpi taklif
– mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilgan
va sotishga tayyor bo‘lgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmi.
Xrapovik samarasi
– yalpi talab oshganda narxning o‘rtacha darajasi
ko‘tarilishi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narx pasayish tamoyiliga
ega bo‘lmasligini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil qilish nima uchun zarur?
2.
Yalpi talab nima? Nima uchun yalpi talab egri chizig‘i o‘zgaradi?
3.
Yalpi talabga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
457
4.
Yalpi talab egri chizig‘ining pasayuvchan shaklda bo‘lishiga foiz stavkasi,
boylik va import tovarlar xaridi samaralarining ta’sirini tushuntirib bering.
5.
Yalpi taklif nima? Yalpi taklif egri chizig‘idan uchta kesmani tasvirlang va
ular nimani ko‘rsatishini tushuntiring?
6.
Yalpi taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
7.
Hozirgi sharoitda O‘zbekistonda yalpi taklifning o‘zgarishiga ko‘proq
qaysi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda?
8.
O‘zbekistonda yalpi taklif hajmini oshirishda davlat tomonidan qanday
choralar ko‘rilmoqda?
9.
Huquqiy me’yorlarning o‘zgarishi yalpi taklif hajmiga ta’sir ko‘rsatishi
borasida Respublikamiz tajribasidan misollar keltiring.
10.
Nima sababdan xrapovik samarasi ro‘y beradi? Bu samaraning real
hayotda amal qilishiga misollar keltiring.
11.
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining ahamiyati nimada? Bunday
muvozanatga erishish yo‘llarini izohlab bering.
|