Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə455/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

tamoyillarga
asoslanadi.
1. Naflilik tamoyili
– turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga 
moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq 
undirilishi kerakligini bildiradi. 
2. To‘lovga layoqatlilik tamoyili
– soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi 
va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish 
daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur. 
3. Adolatlilik tamoyili
– daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish 
darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi zarur. 


604 
Soliq bo‘yicha imtiyozlar qonunchilikda belgilangan tartib va sharoitlar 
asosida o‘rnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng 
tarqalgan: 
- obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; 
- soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush 
faxriylarini) ozod qilish; 
- soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish; 
- soliq olinadigan summadan chegirish; 
- soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum 
miqdorga kamaytirish). 
Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi 
ifodasi soliq stavkasi (R`) deyiladi:
%.
100
`


D
R
R
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi. 
Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda 
progressiv (o‘sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib 
boruvchi) soliqlarga bo‘linadi (21.1-rasm). 
Soliq
stavkasi
progressiv soliq 
proporsional soliq 
regressiv soliq
Daromad hajmi
21.1-rasm. Progressiv, proporsional va regressiv soliqlarning grafik 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin