Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Bozor munosabatlari tizimida pul muomalasi va uning amal qilish



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə463/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   459   460   461   462   463   464   465   466   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

22.1. Bozor munosabatlari tizimida pul muomalasi va uning amal qilish 
qonuniyatlari. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag‘lari to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi, 
tovarlar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida resurslar uchun to‘lovlarni amalga 
oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to‘lashda pul qo‘ldan qo‘lga 
o‘tib, aylanib turadi. 
Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi to‘xtovsiz 
harakati pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy 
ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. 
Mamlakat 
pul tizimi
ning muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
1) milliy pul birligi (so‘m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.); 
2) naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi 
qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi; 


616 
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga 
chiqarish tizimi; 
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. 
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. 
Naqd pul 
muomalasiga
bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. 
Naqd 
pulsiz hisoblar
cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov 
talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi 
pul 
agregati
deb yuritiladi. 
Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi
naqd va kredit 
pullarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. 
Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini 
aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. 
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga 
bog‘liq: 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   459   460   461   462   463   464   465   466   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin