Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə461/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Moliya
– pul mablag‘larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi
taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan 
munosabatlar. 
Moliyaviy munosabatlar
– davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va 
tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati 
bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui. 
Moliya tizimi
– moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat 
qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi. 
Moliyaviy siyosat
– davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun 
moliyani tashkil etish va foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui.
Fiskal (soliq-budjet) siyosati
– davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir 
ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha 
qo‘llaniluvchi chora-tadbirlar.
Davlat budjeti
– davlat daromadlari va xarajatlari hamda ularni moliyaviy 
ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi. 
Budjet taqchilligi
– davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi. 
Davlat ichki qarzi
– davlatning mamlakat ichida qimmatli qog‘ozlarini 
chiqarish, turli nobudjet fondlaridan olgan qarzi.
Davlat krediti
– davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga 
tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. 
Davlat tashqi qarzi
– xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik 
shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.


614 
Soliqlar
– jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini budjetga 
jalb qilish shakli. 
Soliq stavkasi
– soliq summasining soliq olinadigan summaga nisbatining 
foizdagi ifodasi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin