619
zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori
nisbatiga mos keladi.
Qog‘oz pul tizimi amal qilib turgan davrdan buyon o‘tgan real iqtisodiy hayot
shuni ko‘rsatadiki, oltin pul muomaladan chiqarilgan va qog‘oz
pullarning oltin
pul bilan aloqasini yo‘qotishga rasman urinilgan bo‘lsada, uning nominal qiymat
belgisi sifatidagi harakatida oltin pul bilan bo‘lgan
aloqasi hozirgacha obyektiv
ravishda saqlanib qolgan. Faqat u modifikatsiyalashib,
murakkablashib
bormoqdaki, natijada uni mantiqiy mushohada qilish orqali tushunish ancha
qiyinlashadi. Shuning uchun ham qog‘oz pullar har bir davlatning maxsus qonuni
bilan muomalaga chiqariladi. Bu qonunda pulning belgisi, birliklari, miqyoslari va
chet el valyutalari bilan rasmiy almashuv tartibi o‘rnatiladi. Ammo uning qiymat
belgisi sifatida qancha qiymatga ega ekanligini hech
qanday davlat qonuni bilan
o‘rnatib bo‘lmaydi, u faqat obyektiv iqtisodiy qonun – pul muomalasi qonuni
asosida o‘rnatiladi va amal qiladi
1
.
Milliy
iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy
muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi.
Pul operatsiyalarining
asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga
tenglashtirilgan moliyaviy
aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul
miqdorini hisoblash uchun
M
1
...M
n
pul agregatlari yoki tarkibiy qismi
tushunchasidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: