605
1.
Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘sib boruvchi soliqlar
progressiv soliqlar
deyiladi.
2.
Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha
stavkasi pasayib boruvchi
soliqlar
regressiv soliqlar
deyiladi.
3.
Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘zgarishsiz qoluvchi
soliqlar
proporsional soliqlar
deyiladi.
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot
tannarxiga qo‘shilish usuli (to‘g‘ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab
ham turkumlanadi.
Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga
olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning
mulohazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga
soliqlar stavkasini haddan
tashqari oshirish ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi,
fan-texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni
sekinlashtiradi va oxir-
oqibatda, davlat budjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat budjetining daromadlari va soliq stavkasi o‘sishi o‘rtasidagi
bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi
«Laffer egri chizig‘i»
nomini oldi (21.2-
rasm).
R
R
1
0 V
1
V
21.2-rasm. Laffer egri chizig‘i
Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida – davlat budjetiga tushumlar
(V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R
1
) davlat budjetiga eng yuqori
tushum (V
1
)ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada
oshirilganda ishlashga va
606
tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda
davlat daromadi nolga
teng bo‘ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda,
uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o‘rnatilagan soliqlarni pasaytirish
jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali
soliq undiriladigan yalpi
daromad hajmining o‘sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi
ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning
susayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tushunarliki,
Laffer samarasi faqat erkin
bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukining bir xil darajada
bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YuNESKO xalqaro tashkiloti
tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: