Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə117/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

8-bob. RAQOBAT VA MONOPOLIYA
Bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zining etuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib, «Xalqaro tajribani o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi» 1, deb ta’kidlagan edilar.
Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlarni yoritib berish mazkur bobning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, bu bobda raqobatning mazmuni, zarurligi, shakllari va usullari monopoliyalarning iqtisodiy asosi, turlari va mamlakatimizda monopoliyaga qarshi qonunchilikning rivojlantirilishi raqobatchilik muhitining shakllantirilishi kabi masalalar bayon etiladi.
8.1. Raqobatning mazmuni, shakllari va usullari
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, tabiiy resurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar.
Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar. Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayon, voqea va hodisalarning ikki tomonlama xususiyatga ega ekanligini e’tiborga olib raqobat munosabatlarining mazmunini yoritishda ham ikki tomonlama yondashuv, taxlil va sintez qilish usulini davom ettirgan holda quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin (8.1-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, raqobat kurashi ikki tomonlama: bir tomondan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida, ikkinchi tomonidan esa iste’molchilar o‘rtasida sodir bo‘ladi. Bunda ishlab chiqaruvchilar sarflangan xarajatlarning har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralarini kengaytirish, qulay bozorlar, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun kurash boradi. O‘z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon, sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi.

Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi.
Chunki har bir mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi subyektlar manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lishini aniq tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. tartibga solish vazifasi;

  2. resurslarni joylashtirish vazifasi;

  3. innovatsion vazifa;

  4. moslashtirish vazifasi;

  5. taqsimlash vazifasi;

  6. nazorat qilish vazifasi.

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi
(yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin