Iste’molchining afzal ko‘rishi – iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik.
Yalpi (umumiy) naflilik – so‘nggi qo‘shilgan naflilik ko‘rsatkichlarining yig‘indisi.
Befarqlik egri chizig‘i – ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
Don birjasida bug‘doyga bo‘lgan talab va taklifning umumiy hajmi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi deb faraz qilaylik:
Bozor narxi yoki muvozanatlashgan narx qanday bo‘ladi? Bug‘doyning muvozanatlashgan miqdori qancha? 4-ustunni to‘ldiring va natijalarini tushuntirib bering;
jadval ma’lumotlaridan foydalanib bug‘doyga bo‘lgan talab va taklif egri chiziqlarini grafik shaklida tasvirlang. Muvozanatlashgan narx va muvozanatlashgan miqdorni aniqlang;
v) nima uchun 3400 so‘m bu bozorda muvozanatlashgan narx bo‘la olmaydi?
4900 so‘m-chi?
g) davlat bug‘doyning eng yuqori narxini 3700 so‘m qilib belgiladi deb faraz qilaylik. Bunday narx qanday oqibatlarga olib kelishini batafsil tushuntiring. O‘z javoblaringizni grafikda tasvirlang.
Talab va taklifning quyidagi o‘zgarishlarining har biri raqobatli bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Javoblaringizning to‘g‘riligini tekshirish uchun talab va taklif egri chiziqlari grafigidan foydalaning:
a) taklif qisqaradi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; b) talab qisqaradi, taklif esa o‘zgarishsiz qoladi; v) taklif ko‘payadi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; g) talab ham, taklif ham ko‘payadi; d) talab ortadi, taklif esa o‘zgarishsiz qoladi; e) taklif ko‘payadi, talab esa qisqaradi; j) talab ortadi, taklif esa qisqaradi; z) talab ham, taklif ham qisqaradi.
Engel qonunining mohiyatini tushuntirib bering.
Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang.
Iste’molchining afzal ko‘rishi nima? U iste’molchi tanloviga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Befarqlik egri chizig‘i nimani ifodalaydi? Befarqlik kartasi-chi? Ularning iste’molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang.
Iste’molchi budjeti chizig‘iga narx va daromaddagi o‘zgarishlar qanday ta’sir ko‘rsatadi?