ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan (eyilgan) asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof ichki mahsulot (SIM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi: YaIM amortizatsiya yillik summasi SIM .
Sof ichki mahsulot sotilgandan keyin uning puldagi ifodasi milliy daromadni tashkil etadi. Lekin SIM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan narxga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi zimmasiga tushib, natijada ular daromadining bir qismini qamrab oladi. Shuning uchun hozirgi davrda qo‘llanilayotgan milliy hisoblar tizimida SIMdan egri soliqlar chegirib tashlanib, milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi aniqlanadi: SIM biznesga egri soliqlar milliy daromad . Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SIM miqdori bilan MD miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida hududlar va tarmoqlar bo‘yicha farq qilsada, mamlakat miqyosida ularning miqdori farq qilmasligi lozim. Chunki milliy daromad sof ichki mahsulotning sotilgandan keyingi puldagi ko‘rinishidir. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o‘zgargan shakli deb ham yuritiladi. Bu holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad – bu yangidan yaratilgan mahsulotning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad – bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan har xil yo‘qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada saqlashdagi yo‘qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng. Milliy daromadni barcha turdagi daromadlarni (amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlardan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, korxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi tomondan esa, uy xo‘jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar – ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur:
Milliy daromad Ijtimoiy sug'urta ajratmasi Korxona foydasiga soliqlar
Korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi Ijtimoiy to'lovlar Shaxsiy daromad