Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə228/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o‘zgarishi sof eksportga va demak yalpi talabga ta’sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, ienaning dollardagi narxi o‘sdi. Bu dollarning ienaga nisbatan qadrsizlanganligi va iena kursi ko‘tarilganligini bildiradi. Dollar va iena o‘rtasidagi yangi nisbat natijasida yaponiyalik iste’molchilar ienaning ma’lum summasiga ko‘proq dollar sotib olishi mumkin. Demak, yaponiyalik iste’molchilar uchun amerika tovarlari yapon tovarlariga qaraganda arzonroq bo‘ladi. Shu bilan birga amerikalik iste’molchilar dollarning ma’lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq miqdorda sotib olishi mumkin. Bunday holda AQSh eksportining o‘sishi, importining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko‘payishi o‘z navbatida AQSh iqtisodiyotida yalpi talabning ko‘payishiga olib kelishini bildiradi.
15.2. Yalpi taklif tushunchasi, uning hajmi va tarkibiga ta’sir etuvchi omillar
Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhimdir.
Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o‘zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi talabga javob beradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko‘rsatadi.
Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari va xizmatlardan hamda investitsiya tovarlaridan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo‘jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo‘ljallangan iste’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdek, investitsiya tovarlarining turlari ham juda ko‘p va turli-tumandir. Lekin yalpi talab o‘zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o‘zining turlari, miqdori va sifati bo‘yicha hamda ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat a’zolari talabiga mos kelishi kerak. Yalpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi rasm ko‘rinishida ifodalash mumkin (15.4rasm).
Yalpi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Narxlar darajasining qiymat miqdoridan oshishi qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat yaratadi.


Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin