15.7-rasm. Yotiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi1 Rasmdan ko‘rinadiki, yotiq kesmada yalpi talabning o‘sishiga taklif egri chizig‘i bo‘yicha muvozanat nuqtasining o‘ng tomonga silijishi orqali javob beriladi. Ya’ni, AD1dan AD2ga qadar o‘sgan talab miqdori iqtisodiyotda to‘liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi orqali milliy ishlab chiqarish hajmini Q1dan Q2ga qadar o‘stirish orqali qondiriladi.
Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o‘zgarishsiz qoladi (15.8-rasm).
15.8-rasm. Tik kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi2Rasmdan ko‘rinib turibdiki, tik kesmada yalpi talab miqdorining AD1dan
AD2ga oshishi faqat narx darajasini R1danR2ga qadar o‘sishiga olib kelmoqda,
2
milliy ishlab chiqarish hajmi esa potensial daraja – Qs hajmida qolmoqda. Chunki bu chegarada iqtisodiyot o‘zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib bo‘lgan hisoblanadi.
Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi bir vaqtning o‘zida milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi (15.9-rasm).
P
AS
P2 P1 AD2 AD1 0 Q1 Q2 Q
15.9-rasm. Oraliq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi1 Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi talabning AD1danAD2ga o‘sishi yalpi taklif egri chizig‘i bo‘ylab milliy ishlab chiqarish hajmining Q1dan Q2ga qadar ko‘payishiga olib kelmoqda. Biroq, bu ko‘payish ayni paytda narxlar darajasini ham R1dan R2ga oshirmoqda. Bu esa oraliq kesmada iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish resurslari astasekin to‘la bandlik holatiga o‘tayotganligini, qo‘shimcha quvvatlarning ishga tushirilishi tobora o‘sib boruvchi xarajatlar orqali amalga oshishini anglatadi. Demak, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning qaysi kesmasida ro‘y berishidan kelib chiqqan holda narx darajasiga turlicha ta’sir ko‘rsatar ekan. Yalpi talabning kamayishi ham turli kesmalarda turlicha kechadi. Agar yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real hajmi kamayib, narx darajasi o‘zgarishsiz qoladi. Tik kesmada narx tushadi, milliy ishlab chiqarish to‘liq bandlik darajasida bo‘lganligi sababli, uning real hajmi o‘zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarishi
1
vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta’sirida birdaniga narxning pasayishiga olib kelmasligi mumkin. Buning murakkablik tomoni shundan iboratki, tovarlar va resurslar narxi pasayish tamoyiliga ega bo‘lmaydi. Shu sababli ayrim iqtisodchilar bunday tamoyilni xrapovik samarasi deb ataydilar (xrapovik – bu g‘ildirakni faqat oldinga harakat qilishga majbur etuvchi mexanizm). Xrapovik samarasi