Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə270/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo‘linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli tovarlarni talabdan ortiqcha ishlab chiqarish, lekin ularni to‘la sota olmaslikda namoyon bo‘ladi.Taqchil ishlab chiqarish holatida ya’ni taklifning talabga nisbatan kam bo‘lgani holatida ham muvozanat buzilib, etishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning tushkunlikka tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo‘ladi.
18.4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari, salbiy
oqibatlari va O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri
2008 yilda o‘zining ko‘lami jihatidan keng va salbiy ta’sir oqibatlari jihatidan ancha jiddiy bo‘lgan navbatdagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlandi.
Birinchi Prezidentimiz «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarida mazkur inqirozning mazmun-mohiyati hamda kelib chiqish sabablarini quyidagicha bayon etdilar: «Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi»1. Bundan ko‘rinadiki, dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz etarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsada, AQSh bozorlari bunday likvidli ko‘chmas mulklarga etarlicha «to‘yindi» va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning ustiga investitsion banklarning AQSh ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy
«mahsulot» hisoblangan aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo‘yicha operatsiyalarining avj olishi ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi.
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «mevasi» ekanligini, ya’ni «o‘z-o‘zini boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini cheklanganligi bilan ham izohlamoqdalar. Shu o‘rinda, jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror amal qilishi uchun muomaladagi pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQShda, keyinchalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib keldi. Jumladan, o‘tgan asrning 70-yillariga qadar amal qilib kelgan jahon valyuta tizimlari pullarning oltin yoki tovar mazmunini ta’minlash orqali iqtisodiy munosabatlarning barqarorligiga zamin yaratdi. Biroq, jahon amaliyotida 1976 yildan boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimiga o‘tilgach, pulning oltin mazmuni yo‘qolib, asosan, AQSh dollari jahonning yetakchi valyutasiga aylandi, uning muomalaga chiqarilishini nazorat qilib bo‘lmay qoldi. Keyingi yillarda globallashuv jarayonining jadallashuvi ta’sirida xalqaro iqtisodiy aloqalarda qat’iy valyutaga bo‘lgan talabning yanada kuchayishi AQSh tomonidan hech qanday tovar bilan ta’minlanmagan pullarning muomalaga chiqarilish jarayonini yanada tezlatib yubordi. Ma’lumotlarga ko‘ra, muomaladagi pul massasi (naqd, kredit pullar va turli to‘lov vositalari)ning tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmidan deyarli 10 baravar, agar pulning aylanish tezligini ham hisobga olinsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoridan, ya’ni pulga bo‘lgan talabdan bir necha o‘n baravar ko‘payib ketganligini anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, asosan yetakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy sabablaridan hisoblanadi:

  • noratsional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;

  • moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;

  • qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi;

  • moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat ko‘rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi;

  • yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog‘ozlarni vujudga kelishi va hokazo.

Aksariyat xalqaro ekspertlarning e’tirof etishlaricha, 2008 yilda AQSh ipoteka bozorlarida boshlangan inqirozning avj olishi va uni jahon moliyaviy inqirozining kelib chiqishiga faol ta’sirini AQShning jahon yalpi ichki mahsulotining asosiy iste’mol qiluvchisi hisoblanganligini keltirib o‘tishadi. Ma’lumotlarga qaraganda, AQShning jahon yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqishdagi hissasi 20% ni tashkil qilsada, uning iste’molidagi hissasi qariyb 40% ni tashkil qiladi.
Rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa, AQSh davlat tashqi qarzi miqdorining o‘sib borganligi va uni YaIMga nisbatan salmog‘i o‘sganligi ham iqtisodiy inqiroz kuchayishining omillaridan biri bo‘ldi (18.2-jadval).

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin