2.4-jadval Yalpi ichki mahsulotning texnologik bosqichlar bo‘yicha tuzilishi (shartli raqamlar misolida)
Izchil tarmoqlar
Oraliq maxsulot
(xomashyo, yoqilg‘i)
Qo‘shilgan qiymat
Yalpi ichki
mahsulot
Jami ijti-
moiy
mahsulot
Amortizatsiya
Ish haqi
Soliq va to‘lovlar
Foyda
Iste’mol qi lingan ishlab chiqarish vo sitalari qiymati ( s)
Zaruriy mahsulot
(v)
Qo‘shi mcha mahs ulot
(m )
Paxta ishlab chiqarish
40
30
30
20
20
100
140
Paxtani qayta ishlash
140
40
50
25
30
145
285
To‘qimachilik
285
50
60
30
40
180
465
Tikuvchilik
465
45
50
35
30
160
625
Jami
930
165
190
110
120
585
1515
s=1095
v=190
m=230
585
1515
Jadvaldan ko‘rinadiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Demak, mamlakat miqyosida takror hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotni hisoblashda sotib olingan xomashyo, yonilg‘i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan qiymat hisobga olinadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti faqatgina yalpi ichki mahsulotdan emas, balki yaratilgan yalpi mahsulotdan iboratdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, jami ijtimoiy mahsulot yoki yalpi mahsulot tarkibida oraliq mahsulot hamda ayrim takroriy hisoblar mavjud bo‘lganligi sababli u ishlab chiqarish natijasiga to‘g‘ri baho bera olmaydi.
Takroriy hisob – bu tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir necha texnologik bosqichlardan o‘tishi natijasida oraliq iste’moli deb atalmish ba’zi mahsulot (xomashyo, yoqilg‘i, material, energiya va h.k.)lar qiymatlarining takroran hisobga olinishi. Jadvaldagi misolimizdan ko‘rinadiki, paxta tolasi, yigirilgan ip, gazlamaning qiymatini tashkil etuvchi xomashyo, yoqilg‘i, material va boshqalarning ishlab chiqarishning turli texnologik bosqichlarida qayta-qayta qatnashadi, ularning hisobga olinishi natijasida takroriy hisob 930 birlikni tashkil etgan.
Yalpi ichki mahsulot qiymatini to‘g‘ri baholash, unda takroriy hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushunchalarini ham ajratib olish lozim. Oraliq mahsulot – bu tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusida yana qayta ishlov berilishi zarur bo‘lgan yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovar va xizmatlardir.Bizning misolimizda 140 birlik paxta xomashyosi, 285 birlik paxta tolasi va yigirilgan ip, 465 birlik to‘qilgan gazyalama oraliq mahsulotlar bo‘lib hisoblanadi. Chunki ular tikuvchilik mahsuloti (ko‘ylak yoki kostyum) ishlab chiqarishning izchil jarayonida navbatdagi bosqichda qayta ishlov berishga muhtojdirlar. Aynan 625 birlik qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa pirovard mahsulot hisoblanadi. Demak, pirovard mahsulot – bu ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan o‘tgan hamda bevosita iste’mol uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotdir. Bundan ko‘rinadiki, jamiyat a’zolarini ishlab chiqarishning umumiy natijasidan ko‘ra ko‘proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib takroriy hisobni o‘z ichiga olmagan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini bevosita qondirishga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar va xizmatlar hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ko‘pincha ijtimoiy ishlab chiqarishning pirovard natijasi sifatida yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot (milliy daromad) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin (1993 yildan boshlab) milliy hisoblar tizimi joriy qilindi va bunga asosan mamlakat hududida yaratilgan maxsulot yalpi ichki maxsulot (YaIM) deb atalib, shu shaklda hisobga olina boshlandi. Yalpi ichki maxsulot deb mamlakatda yil davomida mehnat qilayotgan kishilar tomonidan yaratilgan, shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilarga yetkaziladigan tayyor maxsulotga aytiladi. Yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmi va tarkibini hisoblashda uning o‘zgarish dinamikasini tahlil qilishda ikki tomonlama – naflilik (natural ashyoviy) va qiymat jihatidan yondashish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga YaIMning o‘zgarish dinamikasini tahlil qilishda doimo uni takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qarab, uning uch qismdan iborat ekanligini va har bir qismining funksional vazifasi borligini hisobga olish lozim.