Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə332/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish – davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari – iqtisodiy tizimning amal qilishiga shartsharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari – tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Bevosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish tavsifidagi ma’muriy vositalari.
Bilvosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang.

  2. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to‘g‘risidagi qanday nazariyalarni bilasiz?

  3. Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha tavsifini bering.

  4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?

  5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘yadi?

  6. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita usullariga tavsif bering. Tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko‘rsating.

  7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol o‘ynaydi?

  8. Davlat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari nima va ular qanday amalga oshiriladi?

  9. O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi dinamikasini tahlil qiling. Yillar davomida tarmoq va sohalar bo‘yicha davlat sektori ulushining o‘zgarishini izohlang.

  10. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning tashqi iqtisodiy usullari mazmunini tushuntiring.


Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin