Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə335/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori.
Real daromad – aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori. Ya’ni, real daromad aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.

24.1-rasm. O‘zbekistonda aholi real daromadlarining o‘sishi
(o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)1
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

  1. ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;

  2. davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul

tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Birinchidan, daromad shakllari o‘zgardi, ya’ni uning an’anaviy turlari (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) qatoriga mutlaqo yangilari – tadbirkorlik faoliyatidan, (ko‘chmas) mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo‘shildi. Ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o‘zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to‘planish va ajralish koeffitsienti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo‘ldi.
Uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo‘nalishi paydo bo‘ldi: majburiy to‘lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog‘ozlar va shaxsiy mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo‘yilmalar shular jumlasidandir.
Respublikamiz iqtisodiyotining yanada rivojlanib borishi va aholining turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga keng yo‘l ochib berilganligi sababli aholining pul daromadlari yildan-yilga oshib bormoqda (24.2-rasm).


Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin