Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Farovonlikning eng quyi chegarasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə334/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida ko‘rsatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy» qatlamining mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz miqdori kiradi. AQShda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar miqdorida baholanadi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq. Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiyiqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni:

  • mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;

  • turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari;

  • siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;

  • moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;

  • kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.

24.2. Aholi daromadlari va uning tarkibi.
Yalpi ichki mahsulotning taqsimlanish va qayta taqsimlanishi natijasida aholi daromadlari shakllanadi. Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog‘lig‘ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar bilan to‘yinganlik darajasi kabilar muhim o‘rin tutadi.
Aholi daromadlari pul va natural ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin