26.1-jadval
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to‘g‘risida ma’lumotlar (2019 yil)
Davlat nomi
|
Hududi1
|
Aholisi soni3
|
YaIM4
|
ming
km2
|
salmog‘i,
%
|
mln. kishi
|
salmog‘i,
%
|
mlrd. doll
|
salmog‘i,
%
|
O‘zbekiston
|
447,4
|
0,09
|
34,0
|
0,44
|
50,5
|
0,06
|
Qozog‘iston
|
2724,9
|
0,53
|
18,6
|
0,24
|
170,5
|
0,20
|
Xitoy
|
9599
|
1,88
|
1 402,5
|
18,21
|
13608,2
|
15,86
|
Qirg‘iziston
|
198,5
|
0,04
|
6,5
|
0,08
|
8,1
|
0,01
|
Rossiya
|
17125,2
|
3,36
|
146.7
|
1,91
|
1657,6
|
1,93
|
Tojikiston
|
143,1
|
0,03
|
9,1
|
0,12
|
7,5
|
0,01
|
Hindiston
|
3287,3
|
0,64
|
1 370,5
|
17,80
|
2726,3
|
3,18
|
Pokiston
|
803,9
|
0,16
|
217,4
|
2,82
|
312,6
|
0,36
|
ShHT bo‘yicha jami
|
34329,3
|
6,73
|
3205,23
|
41,63
|
18541,3
|
21,61
|
Dunyo bo‘yicha
|
|
|
|
|
|
|
jami
|
510072
|
100
|
7700,3
|
100
|
85804,4
|
100
|
Eng avvalo, O‘zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ShHTning tarkibida O‘zbekiston o‘ziga xos salmoqqa ega. Shu bilan birga ShHTning jahon miqyosidagi iqtisodiy salohiyati va salmog‘i ancha yuqoridir. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib, boshqaruvning mahalliy darajasi va korxonalargacha bo‘lgan xo‘jalik subyektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bo‘limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi.
Engil sanoat sohasida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar geografiyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bugungi kunda sohani rivojlantirish borasida eng katta xorij sarmoyasiga ega bo‘lgan (xorijiy investitsiya mablag‘larini kiritgan) davlatlardan biri Koreya Respublikasi hisoblanadi. Mazkur davlatning ulushi 38 foizni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda esa Turkiya, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar turadi.
Respublikamiz MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoni amalga oshirishni keng yo‘lga qo‘ygan bo‘lib unda asosiy katta ulushlarni Rossiya va Qozog‘iston egallaydi. Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Jumladan, 2014-2018 yillarda engil sanoat sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi ancha oshdi (26.2-jadval).
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo‘jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq davr davom etgan natijasi hisoblansada, hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida hal etilmagan ko‘pdan-ko‘p muammolar mavjudki, mamlakatimiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat.
26.2-jadval MDH mamlakatlarining respublika tashqi savdosidagi ulushi (mlrd.dollar)1
Davlatlar
|
|
Ekspor t
|
|
|
Import
|
|
2014
|
2016
|
2018
|
2014
|
2016
|
2018
|
Azarbayjon
|
21,8
|
12,5
|
19,5
|
9,2
|
7,7
|
11,5
|
Armaniston
|
1,5
|
1,7
|
2,4
|
4,4
|
2,6
|
4,8
|
Belorus
|
36,1
|
22,7
|
33,7
|
40,5
|
25,4
|
38,4
|
Qozog‘iston
|
79,5
|
35,3
|
61,1
|
41,3
|
24,5
|
33,7
|
Qirg‘iziston
|
1,9
|
1,5
|
1,8
|
5,7
|
3,1
|
5,3
|
Moldova
|
2,3
|
1,5
|
2,7
|
5,3
|
3,5
|
5,8
|
Rossiya
|
501,5
|
259,3
|
451,5
|
292,0
|
165,1
|
240,2
|
Ukraina
|
54
|
34,0
|
47,3
|
54,4
|
38,3
|
57,2
|
Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki yo‘nalish bo‘yicha: MDH mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy mamlakatlar bilan erkin muomaladagi valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi.
Jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o‘sish sur’ati sezilarli darajada sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga nisbatan tashqi talabning kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin valyuta zaxirasini oshirish imkonini berdi.
Ta’kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o‘sishi hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda. Bu ko‘rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o‘sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-tez o‘zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog‘liqligini kamaytirishda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko‘p tomonlama aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi yagona iqtisodiy makon to‘g‘risida tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.
Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga, hamda zarur bo‘lgan tashkilot va muassasalar tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga tavakkalchilik xatarlaridan keladigan zararni qoplaydigan «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasini, turli qo‘shma sug‘urta kompaniyalarini, Vazirlar Mahkamasi huzurida BMT bilan birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga ko‘maklashuvchi xizmatni, Davlat mulk qo‘mitasi huzuridagi ko‘chmas mulk va xorijiy investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va tashkilotlar hamda respublikada vujudga keltirilgan huquqiy me’yorlar xorijiy investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlarni yaratib, ularning huquqlarini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini kafolatlaydi.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning respublikada amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo‘ladi.
Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorligi, NATOning «Tinchlik yo‘lidagi sheriklik» dasturidagi ishtiroki uning jahon xo‘jaligiga qo‘shilishining navbatdagi yo‘nalishidir. Jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan Respublikamiz o‘rtasida imzolangan Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (1996 yil iyun) tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir.
Dostları ilə paylaş: |