Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-bob. JAHON BOZORI. XALQARO VALYUTA VA KREDIT



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə371/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

27-bob. JAHON BOZORI. XALQARO VALYUTA VA KREDIT
MUNOSABATLARI
Ushbu bobda milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlari bilan bog‘langan murakkab iqtisodiy munosabatlari tizimida xalqaro savdo munosabatlarining tutgan o‘rni, xalqaro savdoning rivojlanishi, omillari va tuzilishi, xalqaro munosabatlarning moliyaviy yoki valyutaga oid tomonlari bayon etiladi. Shuningdek, valyuta munosabatlari va hozirgi zamon valyuta tizimi asoslari, mamlakatning to‘lov balansi, uning tarkibi va taqchilligi muammolari o‘rganiladi. Xalqaro vayuta-kredit munosabatlari, valyuta tizimi, valyuta kursi va valyuta siyosati, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar alohida e’tibor beriladi.
27.1. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo to‘g‘risidagi turlicha nazariyalar
Milliy xo‘jaliklarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ishtirok etishi, ularning shakllari va samaradorlik darajasi kabi muammolarning uzoq davr mobaynida turli olimlar tomonidan tadqiq etilishi bu boradagi turlicha nazariyalarning shakllanishiga olib keldi. Bu nazariyalar orasida eng avvalo mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvda ishtirok etishi zarurligini nazariy jihatdan asoslab beruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutlaq ustunlik nazariyasi. Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan jahon andozasiga o‘tish, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishi milliy manfaatlarga qay darajada javob beradi, degan savolni qo‘yadi. Bu savolga javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kelgan. Jumladan, A.Smit xalqaro mehnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va qaysilarini import qilish qulayligi to‘g‘risidagi o‘z qarashlarini bayon qilish asosida «mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan.
Mazkur nazariyaga ko‘ra, A.Smit har bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida bozorning asosiy rol o‘ynashini ko‘rsatib bergan. Shu bilan birga, u mamlakatlar quyidagi ikki ko‘rinishdagi ustunlikka: 1) tabiiy, ya’ni iqlim sharoitining qulayligi, ba’zi bir tabiiy resurslarning mavjudligi va shu kabi holatlar bilan shartlangan ustunlik; 2) erishilgan, ya’ni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish texnologiyasi bilan shartlangan ustunlikka egaligini ta’kidlagan. Bu ustunliklardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot o‘z sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan past darajada bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mahsulotlarning barcha turlari har bir mamlakat tomonidan ishlab chiqarilishi shart emas, balki ularning ba’zilarini ustunlikka ega bo‘lgan mamlakatdan sotib olish samarali hisoblanadi. Uni sotib olish mehnat sarflari esa mazkur mamlakatning o‘zi uchun ustun hisoblangan sohadagi mehnat orqali qoplanadi. A.Smit nazariyasi bo‘yicha har bir mamlakat o‘zida boshqalarga qaraganda arzonga tushgan, ya’ni kam mehnat sarflangan tovarni eksport qilib, ularga nisbatan ko‘p sarf talab qiladigan tovarlarni import qilish foydalidir.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin