Xususiylashtirishdan tushgan pul mablag‘lari, mlrd. so‘m
2004
1228
78,5
2005
980
80,5
2006
673
70,5
2007
631
111,1
2008
392
130,6
2009
135
35,7
2010
96
23,0
2011
95
39,2
2012
83
32,1
2013
82
44,1
2014
288
88,0
2015
848
103,2
2016
609
164,8
Jami
6140
1001,3
Ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda mulkni davlat tassarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy besh bosqichi mavjud ekanligi ta’kidlangan. Lekin vaqt o‘tishi bilan amalga oshirilgan islohotlar natijasida nazariyalar ham o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lar ekan. Shundan kelib chiqqan holda xususiylashtirishning keyingi bosqichi ham yuzaga chiqa boshladi.
Mulkni xususiylashtirish va uni yanada jadallashtirishning oltinchi bosqichi 2017 yil va undan keyingi davrlarni o‘z ichiga oladi. Buning huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 yanvardagi
“Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shartsharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan obyektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishga qaratilgan.
Shuningdek, 2017 yil 23 fevralida Prezidentning “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2017 yilgacha bo‘lgan davrda xususiylashtirilgan 39631 ta korxona va obyekt mavjud bo‘lib, ulardan 22921 tasi hozirda faoliyat ko‘rsatmoqda. 12616 tasi esa turli sabablarga ko‘ra ishlamaydi1.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 oktabrdagi “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3980-sonli Qarori ham qabul qilindi. Unga ko‘ra, an’anaviy ravishda davlat tasarrufida va boshqaruvida bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammo va kamchiliklar davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy etishni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son
Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-sonli qarori qabul qilindi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining faoliyati xususiylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ochiqlik, shaffoflik, davlat va jamoatchilik nazorati, fuqarolar ishtirokining teng huquqliligi, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etishga qaratilgan.
Mamlakatimizda xususiylashtirish jarayoni elektron tarzda amalga oshirilmoqda. Bunda aksiyalar bo‘yicha ochiq birja savdolari va birjadan tashqari savdolar (uzse.uz), qolgan barcha davlat aktivlari bo‘yicha esa elektron onlayn auksion savdolar (e-auksion.uz), shuningdek, davlat obyektlarini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda “nol” xarid qiymatida sotish, davlatxususiy sheriklik asosida sotish (aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berish)dan foydalanilmoqda (3.3-jadval).