Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ommaviy taklif bo‘yicha narxning o‘zgarishi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə148/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ommaviy taklif bo‘yicha narxning o‘zgarishi – talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo‘lishi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib borishi o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlik.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

  1. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering. Narxlarning asosiy turlariga qisqacha tavsif bering.

  2. Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud? Ularning afzallik va kamchilik tomonlarini ko‘rsatib bering.

  3. Narxning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar nimalardan iborat?

  4. Mukammal raqobat sharoitida narxning tashkil topish mexanizmini tushuntirib bering.

  5. Sof monopoliya sharoitida narx qanday shakllanadi?

  6. Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?

  7. Oligopoliya sharoitida firmalarning «inkor etish» va «ergashish» xattiharakatlarining mazmuni nimadan iborat? «Narx bo‘yicha yetakchilik» tushunchasini izohlab bering.

  8. «Narxlar qaychisi» nima va undan qanday sharoitlarda foydalaniladi?

  9. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida O‘zbekistonda narxni erkinlashtirish jarayoni qay tarzda amalga oshirildi?

  10. Narx siyosati nima? O‘zbekistonda narx siyosati amalga oshirilishining qanday xususiyatlari mavjud?

10-bob. TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA TADBIRKORLIK KAPITALI
Inson faoliyati turlicha bo‘lib, turli xil yo‘nalishga qaratilgan bo‘ladi.
Ularning ichida tadbirkorlik faoliyati alohida o‘rin tutadi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs hisoblanib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda shaxsiy omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davomida, ayniqsa, uning hozirgi bosqichida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, unga keng erkinlik berishga, uning rivojlanishiga to‘siq bo‘ladigan har qanday g‘ov va cheklovlarni bartaraf qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, tadbirkorlik kapitalining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida vujudga keladigan jarayonlar va uning namoyon bo‘lishini, shuningdek, kapitalning aylanish tezligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu bobning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Tadbirkorlikni ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish davlatimizning iqtisodiy siyosatida strategik vazifaga aylangan davrda ushbu masalalarni o‘rganish o‘ta dolzarbdir.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin