Jadvaldan ko‘rinadiki, korxonada «A» mahsulotning bir oylik ishlab chiqarish xarajatlari 60 mln. so‘mdan iborat bo‘lib, jami 1000 dona mahsulot ishlab chiqarilgan. Demak, 1 dona mahsulotning tannarxi 600 so‘mga teng.
Har bir korxona xarajatlarini ya’ni tannarxni kamaytirishga harakat qiladi. Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan tejamkorlikka erishish hamda mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirishga bog‘liq. Shunga ko‘ra, 2020 yilda “Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi”1 deb o‘rinli ta’kidlandi.
Bu o‘rinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Ma’lumki, mahsulot qiymati (Q) o‘z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (QIV) hamda yangidan yaratilgan mahsulot qiymati (QYa)ni to‘liq oladi. O‘z navbatida yangidan yaratilgan mahsulot qiymati – ish haqi (IH) va yalpi foydaga (Fya) ajraladi (11.6-rasm).