Import tovarlar xaridi. Buning ta’siri narx darajasi o‘zgarishining u yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi, chet el tovarlari narxi o‘zgarmagan yoki sekinroq o‘sgan holatda, milliy iste’molchi uchun chetdan xorijiy tovarlarni olib kelishni foydali qilib qo‘yadi. O‘z navbatida, mazkur mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy iste’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi. Natijada bu mamlakatning eksport hajmi kamayadi. Eksport hajmining kamayishi va import hajmining oshishi sof eksportning va pirovardida, yalpi talab umumiy hajmining qisqarishiga olib keladi.
Tashqi va ichki talabning ortishi va xo‘jalik yuritish sharoitlarining yaxshilanishi sanoatning barqaror rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilda oldingi yilga nisbatan 8%ga ortdi va 169704,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Sanoatning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishida korxonalarni modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlar boshqaruv tizimini isloh qilish, iqtisodiy islohotlarni
1 Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.
chuqurlashtirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi sabab bo‘ldi. Sanoatning
YaIM tarkibidagi ulushi 2000 yildagi 14,2% dan 2019 yilda sanoatning ulushi
32,% ga (qurilish bilan qo‘shilgan holda) oshdi1. Qo‘shilgan qiymat o‘sishining yarmidan ko‘prog‘i tayanch tarmoqlarda ishlab chiqarishning kengayishi hisobiga yuz berdi.
Yalpi talab hajmiga narxdan tashqari omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Quyida ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz.
1. Iste’mol sarflaridagi o‘zgarishlar. Narx darajasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar ta’sirida iste’molchilar xaridi hajmida o‘zgarish ro‘y berishi mumkin. Bu iste’molchi farovonligi, iste’molchining kutishi, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o‘zgarishi natijasi hisoblanadi.
Iste’molchining farovonligi uning moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko‘chmas mulklarga egaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ular real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilish hajmining kamayishiga olib keladi. Iste’mol sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha, moddiy va moliyaviy boyliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste’mol sarflari o‘sadi. Bunga aksiya kursining keskin oshishi, hatto narxlar darajasi o‘zgarmay qolganda iste’molchi farovonligining o‘sishiga olib kelishini misol qilib keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi narx umumiy darajasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda iste’molchi farovonligining pasayishiga olib keladi.