Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə229/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

hamda narxiga bog‘liqligi1
Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Bu bog‘liqlik yalpi taklif egri chizig‘ida aniq aks etadi (15.5-rasm).

15.5-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘i1
Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi taklif egri chizig‘i o‘z shakli jihatidan yakka yoki bozor taklifining an’anaviy egri chizig‘idan farq qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli davrdagi yalpi taklif egri chizig‘i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif egri chizig‘i o‘z shakliga ko‘ra rasmdagi Yt nuqtaga qadar joylashgan har qanday tik chiziqdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarishga tobora ko‘proq jalb etilishi mazkur chiziqni Yt nuqtaga yaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada joylashgan chiziqqa tenglashadi. Chunki qo‘shimcha resurs va imkoniyatlarni ishga solish uchun vaqtning yetarli bo‘lishi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda to‘la bandlik holatiga olib keladi.
Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig‘ining ko‘rinishi bir oz murakkabroq bo‘lib, uchta kesmani o‘z ichiga oladi.

  1. Yotiq kesma. U ba’zida «keynscha» kesma deb ham atalib, iqtisodiyotning tanazzul yoki turg‘unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. Yotiq kesma milliy ishlab chiqarish potensial hajmi (rasmdagi Yt nuqta)dan ancha kam bo‘lgan ishlab chiqarishning real hajmi (rasmdagi Y1 nuqtaga qadar bo‘lgan hajm)ni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko‘plab ishlab chiqarish quvvatlari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to‘liq foydalanilmaydi. Shunga ko‘ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi.

Shunday qilib, yotiq kesmada narx darajasi o‘zgarmagan holda milliy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud.

  1. Oraliq kesma. Y va Yt nuqtalar orasidagi mazkur kesma milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi narx darajasining o‘sishi bilan birga borishini ko‘rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan, korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo‘shimcha ishchi kuchi ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko‘ra mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining rentabelli bo‘lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. Shu sababli oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko‘payishi narxlarning o‘sishi bilan birga boradi.

  2. Tik kesma. U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqtisodiyot

o‘zining to‘liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko‘rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (rasmdagi Yt nuqta) joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas. Iqtisodiyot to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganligi sababli narxning to‘xtovsiz oshib borishi ham ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga olib kelmaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo‘lib qolishi, narx darajasi esa o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin