Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan ko‘tariladi, lekin juda qiyinchilik bilan, sekin pasayadi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə232/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan ko‘tariladi, lekin juda qiyinchilik bilan, sekin pasayadi. Shu sababli yalpi talabning oshishi narx darajasini ko‘taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning pasayishini kutish mumkin emas (15.10-rasm).
P
AS


P2 e c a b
P1 AD2
AD1
0 Q3 Q1 Q2 Q
15.10-rasm. Xrapovik samarasi1
Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi talab AD1 dan AD2ga oshganda, muvozanat holati a dan s ga ko‘chadi, ishlab chiqarish hajmi Q1dan Q2ga ko‘payib, narx ham P1dan P2 darajaga qadar o‘sadi. Biroq, yalpi talab o‘zining dastlabki holatiga qaytsa, endi narx pasaymaydi, balki muvozanat yangi e holatiga ko‘chib, ishlab chiqarish hajmi o‘zining dastlabki Q1 darajasidan ham pasayib, Q3 darajasiga qadar tushib ketadi.
Shu o‘rinda nima uchun narx pasayish tamoyiliga ega emas, degan savolga aniq javob berish qiyin bo‘lsada, uning ayrim sabablarini ko‘rsatish mumkin. Birinchidan, korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) ish haqi tashkil qilib, u qisqa davr ichida pasayish tamoyiliga ega bo‘lmaydi. Chunki ishchilarning asosiy qismi shartnoma (kasaba uyushmalar orqali) bo‘yicha ishlab,

1
shartnoma muddati tugagunga qadar ish haqini pasaytirish taqiqlanadi.
Shuningdek, tadbirkorlarning o‘zlari ham ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasliklari mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan, ancha past ish haqi ishchilarning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, ish haqining past darajasi mahsulot birligiga mehnat sarflarini kamaytirsa, mehnat unumdorligining past darajasi esa mehnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsalar, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishlari mumkin. Ikkinchidan, juda ko‘pchilik korxonalar yetarli darajada monopol mavqega ega bo‘ladi va bu ularga talab kamayganda ham narxning pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.
Yalpi ishlab chiqarilgan va yalpi sotilgan mahsulotning real hajmi teng bo‘lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi. Lekin bu muvozanatlik bir tomonlama ya’ni, faqat qiymat tarafidanhisoblanib baho berilsa, yolg‘on tasavvurga olib keladi. Shuning uchun muvozanatlik ham qiymat ham naflilik jihatdan hisobga olinishi lozim.
Hozirgi davrda jahonda ro‘y bergan global iqtisodiy o‘zgarishlar ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotidagi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilishini ifodalamoqda. Odatda, tashqi talab qisqarib borayotgan bir paytda, ushbu muvozanatni saqlash yoki tiklash maqsadida ichki talabni kuchaytirishga harakat qilinadi. Shunga ko‘ra, respublikamizning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida ham mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni va eksportni har tomonlama rag‘batlantirish tadbirlari alohida o‘rin tutadi.
Ushbu dasturda “eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”1 vazifasi qat’iy qilib belgilandi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin