Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Bozor munosabatlari tizimida iste’mol va jamg‘arma, ularning



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə235/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

16.1. Bozor munosabatlari tizimida iste’mol va jamg‘arma, ularning
mazmuni va o‘zaro bog‘liqligi
Milliy iqtisodiyotda yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan shu yildagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanilgan asosiy vositalarning eskirgan qismiga (eyilgan) teng miqdorda ammortizatsiya ajratmalari ajratiladi. Bu ajratmalar asosiy vositalarni qayta tiklash uchun ishlatiladi. Yalpi ichki mahsulotning qolgan qismi (sof ichki maxsulot) ya’ni, yangidan vujudga
keltirilgan mahsulot sotilgandan keyingi uning puldagi ko‘rinishi milliy daromadni tashkil etadi. Undan iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida foydalaniladi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi.
Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari, asosiy va aylanma vositalardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda kishilarning iste’mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalanishi tushuniladi.
Shaxsiy iste’mol o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: moddiy hamda nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’molidan iborat bo‘ladi.
Moddiy iste’mol – ehtiyojlarni qondirishda moddiy ko‘rinishdagi ne’matlardan foydalanish. Bularga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, turli xil buyumlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalardan foydalanishni misol keltirish mumkin.
Nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’moli – ehtiyojlarni qondirishda nomoddiy ko‘rinishdagi ne’mat va xizmatlarning nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga bilim olish, musiqa tinglash, sog‘liqni tiklash, advokat xizmatidan foydalanish va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Yakka tartibdagi yoki jamoa bo‘lib iste’mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kiradi. Masalan, ovqatlanish, kiyinish, badiiy asarlar o‘qish yakka tartibdagi iste’molni, jamoat transportidan foydalanish, o‘yingohlarda sport o‘yinlarini tomosha qilish, sihat maskanlarida sog‘liqni tiklash jamoa bo‘lib iste’mol qilishni anglatadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin