Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi nisbatni ta’minlash muammolari



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə243/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

16.4. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi nisbatni ta’minlash muammolari
Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg‘armaning funksiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi (16.4-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o‘q bo‘yicha real foiz stavkasi, yotiq o‘q bo‘yicha esa jamg‘arma va investitsiya hajmi ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional bog‘liqlik mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiya hajmi shu qadar past bo‘ladi va aksincha. Jamg‘arma esa to‘g‘ri, o‘suvchi funksional bog‘liqlikka ega, ya’ni foiz stavkasining yuqori bo‘lishi jamg‘arma darajasining ham yuqori bo‘lishiga olib keladi.
r2
0 S0=I0 S, I
16.4-rasm. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modeli
Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg‘arma hajmlari o‘rtasida muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r0 darajasi ta’minlanishi lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r1 – past va r2 – yuqori bo‘lgan holatlar) investitsiya va jamg‘arma hajmi o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining r1 darajasida investorlar uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investitsion resurslarga bo‘lgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg‘arma uchun rag‘bat pasayib ketadi. Natijada investitsion resurslar taqchilligi paydo bo‘ladi. r2 darajada esa barcha subyektlar uchun jamg‘armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o‘z faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada jamg‘armaning ahamiyatli qismi investitsiyalarga aylana olmaydi.
Keynschilarning investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanat modeli o‘z tuzilishiga ko‘ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta – J.M.Keyns tomonidan jamg‘arma foiz stavkasining emas, balki daromadning funksiyasi deb qaralishi hisoblanadi: S S(Y). Investitsiya esa, klassik modeldagi singari, foiz stavkasining funksiyasi deb olinadi: I I(r). Ya’ni, keynscha konsepsiyaning asosida jamg‘arish va investitsiya darajalarining boshqa-boshqa omillar ta’sirida o‘zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini quyidagi rasm orqali izohlash mumkin (16.5-rasm).
S,I
0



5-rasm. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli Rasmdan ko‘rinadiki, grafik ko‘rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq qiladi. Tik o‘qda jamg‘arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq o‘qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg‘arma darajasi milliy daromad hajmiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya darajasiga ham ta’sir ko‘rsatsada, mazkur modelda uni milliy daromadga bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi. Grafikda investitsiya va jamg‘arma egri chiziqlari E nuqtada kesishadi. Agar iqtisodiyotdagi to‘la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb tasavvur qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg‘arma muvozanatini (EF nuqta) ta’minlash uchun investitsiya IF darajada bo‘lishiga erishish lozim bo‘ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko‘ra, investitsiya va jamg‘arma darajasining muvozanati to‘la bandlik bo‘lmagan sharoitda ham ta’minlanishi mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) erishiladi.
Investitsiya va jamg‘arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: birinchidan, klassik modelda bu muvozanat ro‘y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to‘la bandlik holatida bo‘lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, bu muvozanatga to‘la bandlik bo‘lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bo‘ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg‘arma foiz stavkasining funksiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funksiyasi sifatida qaraladi. Demak, yuqoridagilardan ko‘rinadiki, jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to‘la bandligi mavjud bo‘lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko‘ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni ko‘rib chiqish va tahlil qilishda, asosan, ushbu modeldan foydalanamiz.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin