Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə3/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni. Barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab chiqarishning eng asosiy va boshlang‘ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.
Misol uchun, odamlarning non mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin maydonlarini haydash va ularga ishlov berish; yerga urug‘ qadash va unib chiqib, to hosil etishguncha parvarishlash; g‘allani o‘rish va don omborlariga joylash; donni tegirmondan chiqarib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki nonvoyxonalarda non tayyorlash. O‘z o‘rnida, har bir jarayon uchun kerakli bo‘lgan mehnat vositalarini ham ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, ekin maydonini haydash uchun traktorlar, omochlar; urug‘ qadash uchun seyalkalar; g‘allani o‘rish uchun kombaynlar; omborga tashish uchun yuk mashinalari; donni yanchish uchun tegirmonlar; non yopish uchun non zavodlari, tandirlar va hokazo.
Agar bu vositalarning birortasi bo‘lmasa, yo ishlab chiqarish jarayoni to‘xtaydi yoki samaradorligi pasayib ketadi.
Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va subyektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu faoliyat sohasiga kerakli resurslar – traktorlar, omochlar, seyalkalar, kombaynlar, yuk mashinalari, tegirmonlar va tandirlar; ularni ishga soluvchi traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoylar – barchasi taqsimot jarayonidan o‘tadi. Ular aynan mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv tufayli turli-tuman faoliyat va jarayonlar bo‘yicha o‘z o‘rnilarini topadilar. Shuningdek, tayyor bo‘lgan non mahsulotini sotishdan olingan daromad ham turli kasb egalari – traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoy o‘rtasida, mulk egalari o‘rtasida taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi o‘z ulushlarini ish haqi yoki foyda, foiz, renta ko‘rinishida oladilar.
Taqsimot qancha adolatli va to‘g‘ri bo‘lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uni rag‘batlantiradi.
Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha ma’lum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o‘zaro almashish jarayoni. Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib
berishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib, o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning misolimizdagi nonvoy ham o‘z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan
– go‘sht, dehqondan – sabzavotlar, do‘kondordan – kiyim-kechak va boshqa zarur tovarlarni sotib oladi.
Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘ladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin