Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Moddiy ehtiyojlar – bu moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi zaruratdir



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə5/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Moddiy ehtiyojlar – bu moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (ishlab chiqarish va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy va h.k.) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va h.k.) o‘z ichiga oladi.
Ma’naviy ehtiyojlar – bu insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir. Ular kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, turli ma’naviy yo‘nalishdagi xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ehtiyojlardan iborat bo‘ladi.
Ehtiyojlarni iste’mol qilish tavsifiga ko‘ra shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlariga ajratish mumkin.
Shaxsiy ehtiyojlar – kishilarning pirovard iste’moli uchun mo‘ljallangan mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan zarurat. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari, shaxsga ko‘rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni namoyon etadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari – mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (neft, paxta va h.k.), materiallar (po‘lat, yog‘och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari (yuk mashinasi, ekskavator, buldozer va h.k.), ishchi kuchi va boshqalarni kiritish mumkin.
Shuningdek, ehtiyojlarni yakka tarzda va birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar; birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin.
Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi. Ularga ovqatlanish, kiyinish kabilarni misol qilish mumkin. Hatto ovqatlanish jarayoni birgalikda (oilaviy yoki bir necha kishilar bilan) amalga oshirilgan taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo‘lgan ehtiyoji alohida, yakka tarzda qondiriladi.
Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini saqlash kabilar shular jumlasidandir.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin