Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan va shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə6/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan va shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj. Inson hali bilim olishi, san’at bilan shug‘ullanishi, madaniy hordiq chiqarishidan ilgari oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishi lozim.
Ikkilamchi ehtiyoj – bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo‘lgandan so‘ng undan yuqori darajada namoyon bo‘ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Bu turdagi ehtiyojlarga bilim olish, malaka oshirish, san’at bilan shug‘ullanish, dam olish va h.k.larni kiritish mumkin.
Yakka ehtiyoj – bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji.
Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular o‘z ehtiyojlarining tarkibi, darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko‘pmi farqlanadilar. Masalan, katta yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va ma’lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolarning yakka ehtiyojlari tarkibi o‘zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o‘zaro teng va boshqa belgilari bo‘yicha o‘xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi bir jihatdan farq qilishi mumkin.
Guruhiy ehtiyoj – bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir mehnat jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o‘z tarkibi va darajasi jihatidan farq qiladi. Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi besh kishidan iborat bo‘lsin. Ota – shifokor, ona – o‘qituvchi, ikki o‘g‘il – talaba, qiz – maktab o‘quvchisi. Zokirovlar oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi – nafaqada, ota – buxgalter, ona – uy bekasi, qiz – talaba va o‘g‘il – maktab o‘quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi va faoliyat turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ularning oilaviy ehtiyojlari ham o‘z tarkibi va darajasiga ko‘ra farqlanadi. Xuddi shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi korxona mehnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat jamoasinikidan boshqacha bo‘ladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin