Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə318/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan
o‘rnatiladi. Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko‘ra markaziy bank «banklar banki» deyiladi. Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat ko‘rsatmaydi, davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Markaziy bank quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu zaxiralar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi;

  2. cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi;

  3. davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi;

  4. barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  5. xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi;

  6. pul taklifi ustidan nazorat qilish mas’uliyatini oladi, milliy valyutani muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi.

Monetar siyosatning asosiy maqsadi inflyatsiyani past darajada ushlab turish va so‘mning barqaror ayirboshlash kursini ta’minlashdan iborat. Mazkur vazifalar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog‘langandir.
O‘zbekiston Markaziy banki o‘zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham olib boradi. Bank tomonidan pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalari ham ishga solinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida banklar va korxonalar teng huquqli sheriklar sifatida chiqadi. Kredit berishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni, ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga erishishni ta’minlaydigan tadbirlarga ustunlik beriladi.
Banklar o‘z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun moddiy jihatdan mas’ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari ko‘proq ularning iqtisodiy foydaliligiga va samaradorligiga qarab beriladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin