Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə315/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

22.3. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda bo‘lishi lozim. Buning uchun esa bo‘sh pul mablag‘lari ham pul-kredit muassasalari orqali to‘planib, iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yo‘naltirilishi lozim. Bu jarayonlarni amalga oshirishda kredit munosabatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki subyekt o‘rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o‘rtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxona va firmalar, tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Sanab o‘tilgan subyektlarning aynan har biri bir vaqtning o‘zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o‘rnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining obyekti jamiyatda vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir.
Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablag‘larining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar sur’atda vaqtincha bo‘sh turadigan pul mablag‘lari va boshqa pul resurslari kredit mablag‘larining manbaini tashkil qiladi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:

  1. korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;

  2. mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;

  3. korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari;

  4. korxonalar foydasi. Ular davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;

  5. bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy

tashkilotlarning joriy pul resurslari;

  1. aholining bo‘sh pul mablag‘lari.

Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha bo‘sh pul resurslari hosil bo‘lishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari va sohalarida qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Kreditning bir qator vazifalari mavjud. Birinchidan, kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining bo‘sh pul mablag‘lari ssuda fondi shaklida to‘planib, keyin bu mablag‘lar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo‘jalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi. Uchinchidan, kredit naqd pullar o‘rniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi. To‘rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Beshinchidan, kredit o‘z muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi.
Nihoyat, kreditning o‘ziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi.
Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, iste’mol va xalqaro kredit shakllarini oladi.
Bank krediti – pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori)ga pul ssudalari shaklida beriluvchi kredit. Bank krediti yo‘nalishi, muddati va kredit bitimlari summasi bo‘yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda keng, tovar muomalasidan tortib kapital jamg‘arilishigacha xizmat qiladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin