Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə370/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – jahon mamlakatlari o‘zaro iqtisodiy aloqalarini chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Erkin savdo hududlari – iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi.
Bojxona ittifoqi – yagona tashqi savdo ta’riflari o‘rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqozo qiladi.
To‘lov ittifoqi – milliy valyutalarning o‘zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi.
Umumiy bozor – bunda uning qatnashchilari o‘zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o‘tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati ta’minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi – iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo‘lib, bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi.
Qat’iy (bir tomonlama nafli) integratsiya – integratsiya jarayonlaridan ba’zilari naf ko‘ruvchi, boshqa birlari donor mamlakatlar hisoblanadigan integratsiyaning tashqi tavsif holatlari bilan shartlangan turi.
Moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) integratsiya – har bir mamlakat bir vaqtning o‘zida ham donor, ham naf ko‘ruvchi hisoblanadigan integratsiya turi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya nima va uning qanday shakllari mavjud?

  2. Erkin savdo hududlarining mohiyatini tushuntiring. Bunday tuzilmalarning integratsiyalashuv jarayonidagi o‘rni qanday?

  3. Bojxona ittifoqi va to‘lov ittifoqi bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

  4. Umumiy bozorning amal qilish tamoyillari qanday va bugungi kunda uning faoliyati uchun qanday shart-sharoitlar talab qilinadi?

  5. Integratsiyaning qanday turlarini bilasiz? Har biriga misollar keltiring.

  6. Bugungi kunda O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvining qanday darajalari mavjud?

  7. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumot bering.

  8. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi yana qanday nazariyalarni bilasiz? Bu nazariyalarning afzal va kamchilik tomonlarini taqqoslang.

  9. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsating.

  10. Mamlakatimizning keyingi yillardagi tashqi iqtisodiy faoliyatiga baho bering.


Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin