Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə59/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishlab chiqarish usuli – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar – ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnikbuyumlashgan unsurlar tizimi (ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari).
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi majmui.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli – mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Oddiy kooperatsiya – bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushmasi.
Manufaktura – mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiya.
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish – mehnat taqsimoti hamda mashinali mehnatga asoslangan kooperatsiya.
Iqtisodiy tizim – mavjud iqtisodiy munosabatlar majmuasining iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikdagi tizimi.
Mulkchilik munosabatlari – mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish – mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish – mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning iqtisodiy shakli. Mulk obyektlari – mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk subyektlari – mulk obyektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin