Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Sotsiologiya fanining fan sifatida vujudga kelishida diniy, iqtisodiy, ilmiy va siyosiy omillarning o‘rni



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə6/108
tarix07.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#60888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Sotsiologiya fanining fan sifatida vujudga kelishida diniy, iqtisodiy, ilmiy va siyosiy omillarning o‘rni

“Sotsiologiya” atamasining lug‘aviy va etimologik ma'nosiga nazar tashlasak, u lotincha “society” – “jamiyat” va yunoncha “logos” – “so‘z, tushuncha, ta'limot” so‘zlarining yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, jamiyat to‘g‘risidagi fan sifatida talqin etiladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, sotsiologiya yaxlit tizim sifatidagi jamiyat, sotsial institutlar, sotsial guruhlar, jamiyat tuzilmalari va ularda yuz beradigan sotsial jarayonlarni, hodisa va voqyealarni o‘rganuvchi fandir.
Sotsiologiya jamiyat hayotini o‘rganuvchi ijtimoiy fan bo‘lgani uchun uning vujudga kelishida jamiyatdagi muhim ijtimoiy ehtiyojlar hamda olimlarning ilmiy yetukligi asosiy o‘rin egallaydi. Uning fan sifatida qaror topishida xristianlik dinidagi bo‘linish, ya'ni G‘arbiy yevropada protestantlik25 g‘oyalarining tarqalish hamda aholi dunyoqarashiga ta'siri natijasida kapitalistik munosabatlarning o‘rnatilishi, aniq va tabiiy fanlarning rivojlanishi ijobiy sharoit yaratdi. XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida boshlangan sotsial o‘zgarishlarning yalpi tus olishi, aholi tabaqalari hamda olimlar dunyoqarashining o‘zgarishi monarxiyaga asoslangan turmush tarzidan voz kechilib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan yangi boshqaruv shakllariga o‘tishni taqazo etdi. Fuqarolarning yangi huquq va erkinliklari iqtisodiy, siyosiy va diniy jihatdan jamiyat a'zolariga mustaqil tanlov imkonini berdi. Jamiyat a'zolarining yangi imkoniyatlari, ya'ni tanlash huquqi ularda jamiyat hayotini o‘rganish, undagi ijtimoiy jarayon va hodisalardan xabardor bo‘lish ishtiyoqini, yangi ijtimoiy manfaatlarni uyg‘otdi. Iqtisod va siyosatdagi raqobat tadbirkor hamda siyosatchilarni jamiyatdagi jarayonlardan ogoh bo‘lish, keng jamoatchilik kayfiyatini o‘rganish, aniq sotsial mexanizmlarni bilish, bashorat qilish imkoniga erishish kabi talablarini keltirib chiqardi. XIX asrga kelib jamiyatning sotsial rivojlanishi va jamiyat to‘g‘risidagi mavjud bo‘lgan fanlarning rivojlanish evolyusiyasi yangi turdagi sotsial bilimlarni shakllantiruvchi fanga ehtiyoj tug‘ilganini namoyon qildi. Natijada G‘arbiy yevropada shakllanishni boshlagan fuqarolik jamiyati va uning ehtiyojlariga javoban sotsiologiya fani vujudga keldi.
Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi natijasida savdo va ishlab chiqarishning kengayib, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Merkantilizm26 (proteksionizm27 siyosatiga asoslangan), siyosiy iqtisodiyot28 rivojlandi.
Kapitalizm qaror topish paytida siyosiy iqtisod mustaqil fan sifatida shakllanib, burjuaziyaning kapitalizmga qarshi manfaatlarini himoya qiladi. XVIII asr oxiri — XIX asr birinchi yarmida burjua siyosiy iqtisodiyoti o‘zining eng gullagan nuqtasiga yetib, A.Smit (1723-1790), D.Rikardo (1772-1823) asarlarida o‘z ifodasini topdi. Ularning fikricha, mol-mulk munosabatlari va xo‘jalik hayoti insonlar irodasiga bog‘liq bo‘lmagan qonunlarga asoslanadi. Ular mehnat qiymati nazariyasi asoschilaridan sanaladi. Unga ko‘ra, tovar qiymati unga sarflangan mehnat miqdori bilan aniqlanadi. A.Smit jamiyatni yollanma ishchilar, kapitalistlar va yer egalariga ajratib, buning asosida milliy daromadni ishchi haqqi, kapital, daromad va rentaga bo‘lgan. Siyosiy iqtisodiyotning rivojlanishi jamiyat va uning qonuniyatlarini o‘rganishda yana bir qadam bo‘ldi.
N.I.Kareev o‘zining «Sotsiologiyani o‘rganishga kirish» (1897) asarida shunday yozadi: «Davlat, huquq va qishloq xo‘jaligidan tashqari jamiyat hayotida shunday voqyea va hodisalar bor ediki, ularni bu uchta soha nuqtai nazaridan tadqiq qilishning iloji yo‘q edi. Bu jamiyatning diniy madaniyati, tili, ahloqi va an'analari, e'tiqodi, dunyoqarashi, san'ati va adabiyoti. Biz jamiyatni yuqorida aytib o‘tilgan uchta soha nuqtai nazaridangina ko‘rib chiqsak, jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurimiz juda tor bo‘lib qoladi. Jamiyatning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarini birgalikda ko‘rib chiqish orqali ham jamiyat hayoti nima ekanligi to‘g‘risida to‘laqonli tasavvur olib bo‘lmaydi29”.
XVIII asrda tarix falsafasi fanining rivoji va Djan Battist Viko (1668-1744) ning «Millatlarning o‘ziga xosligi asoslar” asari sotsiologiyaning qaror topishida yana bir turtki bo‘ldi. Unda olim tarixiy jarayonlarni, millatlarning kelib chiqish qonuniyatlarini talqin etishga uringan.
XVIII asr va XIX asr birinchi yarmida tarix falsafasi tarixiy rivojlanishning umumiy nazariyasi sifatida shakllandi va olimlar jamiyatda o‘tmishda yuz bergan voqyealar asosida turli qonuniyatlarni izlashni boshladi. Ular tomonidan taraqqiyot nazariyasi, tarixiy jarayonning yagonaligi va shakldorligi muammosi, tarixiy qonuniyatlar va h.k kabi muhim g‘oyalar ilgari surilgan. Mazkur g‘oyalar nazariy sotsiologiyaning shakllanishi uchun muhim manba sanaladi.
Tabiiy fanlardagi yutuqlar va usullar amaliy sotsiologiyaning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Chunki tabiiy hodisalarga nisbatan ilmiy dunyoqarashning shakllanishi XVIII asrdan boshlab tabiatni metafizik dunyoqarash asosida anglashga chek qo‘yib, uning o‘rnida ilmiy (ratsional) bilimlarning shakllanishiga olib keldi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin