Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor deyiladi, agar: 1. Bozorda sotuvchilar va xaridorlar soni juda ko‘p. Har bir sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) bozor-da egallagan ulushi juda kichkina bo‘lib, ulardan hech biri alohida holda bozordagi muvozanat holatiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. 2. Sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo‘lsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga ta’sir qila olmaydilar; 3. Bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan; 4. Sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqolmaydilar; 5. Bozor sub’ektlari bozor to‘g‘risida to‘liq axborot olish imkoniyatiga ega emas. Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad firma tomonidan ma’lum miqdordagi ne’matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya’ni umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini uning narxiga ko‘paytmasiga teng: