Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro turizm fakulteti Xizmatlar sohasi yo’nalishi “Mikroiqtisodiyot” fanidan “Raqobatlashgan bozorda qisqa muddatli


-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə5/6
tarix08.05.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#109508
1   2   3   4   5   6
mikro rakobat

3-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli
oraliqdagi yo’qotishlari.
Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli
oraliqdagi yo’qotishlari.
Natijada, foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi ___da narx o’rtacha umumiy xarajatdan kichik bo’ladi, ya’ni __________ va shuning uchun __ ishlab chiqarishning___o’rtacha yo’qotishiga (zarariga) teng. Shtrixlangan ______ to’rtburchak yuzi firmaning umumiy yo’qotishini bildiradi. Lekin, firma qisqa muddatli oraliqda zarar ko’rsa ham kelajakda narx oshishi yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi evaziga foyda olish maqsadida ishni davom ettiradi.
Shuning uchun ham narx o’rtacha o’zgarruvchan xarajatdan yuqori bo’lib, o’rtacha umumiy xarajatdan past bo’lganda firma ke-lajakda foydaga chiqish maqsadida ishlab chiqarish zarar ishlasa ham o’z faoliyatini davom ettiradi va shu bilan birga umumiy zararni minimallashtirishga harakat qiladi. Nima uchun deganda, bu narx o’rtacha umumiy xarajatdan kichik _______ bo’lgani bilan, u firmaning o’zgaruvchan xarajatlarini (xom ashyo sarfi, ish haqini) qoplaydi, bundan tashqari o’zgarmas xarajatning ham ma’lum qismini qoplaydi.
Umuman olganda, raqobatlashuvchi firma qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqarishni davom ettirishi yoki davom ettirmasdan ishlab chiqarishni to’xtatishi to’g’risidagi qarorni qabul qilishda firma o’z daromadini umumiy o’rtacha xarajat bilan emas, balki faqat o’rtacha o’zgaruvchan xarajat bilan taqqoslaydi. Nima uchun deganda, o’zgarmas xarajatlar sarflanib bo’lingan va ularni firmani yopgan-da ham kamaytirib bo’lmaydi.
Umumlashtirib aytadigan bo’lsak, raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firma qisqa muddatli oraliqda xarajatlari bilan daromadlarini taqqoslagan holda foydani maksimallashtirishda chekli mahsulot va ishlab chiqarishni to’xtatish qoidasiga amal qiladi.
Chekli mahsulot qoidasiga ko’ra firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli daromad bilan chekli xarajatni tengligini ta’minlaydigan darajada ushlab turishga harakat qiladi .
Ishlab chiqarishni to’xtatish qoidasiga ko’ra firmaning iqtisodiy foydasi har qanday ishlab chiqarish hajmida noldan kichik bo’lsa, ya’ni raqobatlashgan bozordagi narx o’rtacha o’zgaruvchan xarajatdan kichik bo’lsa __________ (4-rasmda V nuqta), firma yopiladi (ushbu bozordan ketadi, faoliyatini tugatadi). V nuqta firmaning yopilish nuqtasi hisoblanadi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin