Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika psixologiya fakulteti


II BOB. O’smirlarda xavotirlik darajasining namoyon bo’lishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari



Yüklə 187,61 Kb.
səhifə4/7
tarix21.05.2023
ölçüsü187,61 Kb.
#119022
1   2   3   4   5   6   7
Abduvaxobova Diana

II BOB. O’smirlarda xavotirlik darajasining namoyon bo’lishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari
2.1. O’smirlik davrida emotsional holatlarning o’ziga xos xususiyatlari
O’smirlar dunyoqarashqarashlari bilan bog’liq bo’lgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ulaming kamalak va yoshlar ittifoqida ishtirok qilishlari bunday qiziqishlaming o’sishiga ko’p jihatdan yordam beradi. Mana shulaming hammasi xilma-xil intellektual va axloqiy hislami o’sishi uchun manba bo’lib qoladi. O’smirlarda xayol kuchli ravishda o’sadi. Hislaming o’zi xayolning o’sishiga yordam beradi va xayolning o’zi ham xilma-xil chuqur emotsional kechinmalarning manbai bo’lib qoladi. Kelajak to’g’risidagi orzular, qahramonlik, romantika shularing hammasi emotsional kechinmalarning manbaidir. Bu yoshda o’z-o’ziga baho berish hissi kuchli ravishda o’sadi. O’smir yoshidagi bolalaming aloqa doirasining kengayishi va ularda ijtimoiysiyosiy masalalarga qiziqish o’sishi tufayli axloqiy hislar o’smirlar hayotida katta o’rin oladigan bo’lib qoladi, ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo’ladi. Shu yoshda organizmda fiziologik o’zgarishlar sodir bo’lishi sababli emotsional qo’zg’alishlaming xarakterida ham o’zgarish ro’y beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon bo’laveradi, lekin ko’pincha bu hislar barqaror bo’lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda o’smirlarda injiqlik va arazlash ko’p bo’ladi. O’smirlik davrining xarakterli xususiyatlaridan yana biri - bu davrda o’smirlarda kuzatiladigan o’smirlik avtonomiyasi holatidir. O’smirlik avtonomiyasining xuquqiy avtonomiya, iqtisodiy avtonomiya, emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqlanadi.Ma‘lumki, bola dunyoga kelgan boshlab kimningdir qaramog’iga muxtoj bo’ladi.Ota-onasi va boshqa yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va uni muntazam nazorat ostida tutadi. Ular bolani xar tomonlama qo’llab-quvvatlashi bois bola bunday e‘tiborga,daldalarga muxtojlik xis etib turadi. O’smirlik davrida esa bola o’z hayotini, xavfsizligini taminlash borasida mustaqillikka erishadi. Endi u o’zini o’zi himoya qila olishi, lozim bo’lsa o’zi o’z imkoniyatlari darajasida mexnat qilib, yetarli darajada daromad qilishi, o’z ehtiyojlarini mustaqil ravishda o’zi qondira olishi mumkin bo’ladi.Yuqorida keltirib o’tilgan xuquqiy avtonomiya ayni vaqtda bola o’smirlik yoshiga yetishi bilan unga qator xuquqiy imkoniyatlar berilishi bilan xarakterlanadi.Bu davrda bola yuridik shaxs hisoblanib, ovoz berish xuquqiga ham ega bo’ladi. Mabodo, bu davrda o’smirning ota-onasi ajralib ketgudek bo’lsa, o’smirning qayerda va kim bilan qolishi uning xohishiga qarab xal etiladi. Shuningdek, bola bu davrda o’z imkoniyatidan kelib chiqqan holda rasmiy ravishda jismoniy mexnat bilan shug’ullanishi ham mumkin. Lozim bo’lsa, ulardan uz xattixarakati,qiliklari uchun javob berishi ham talab qilinadi. Shu kabi xuquqiy imkoniyatlarga ega bo’lish va bundan o’smirning xabardorligi uning xuquqiy avtonomiyasining yuzaga kelishini ta‘minlaydi. Bunday avtonomiyaga ega bo’lish o’smirda o’z xatti-xarakati uchun javobgarlik, ma‘suliyatlilik xissini yuzaga keltiradi.
Emotsiyalar – bu psixik jarayon bo‘lib, insonning atrof muhitga va o‘ziga nisbatan sub’ektiv munosabatidir. Ular psixik faoliyatdagi va somatik namoyon bo‘lishdagi o‘lchashlarning o‘zgarishida o‘z aksini topgan, psixik jarayonlarning vujudga keladigan integrativ holatini (shaklini) bildiradi. Emotsiyalar bir qator xususiyatlarga ega: sifat, mazmun – mohiyat, yo‘nalish, davr, namoyon bo‘lish, vujudga kelish asosi va hokazo. Emotsional holatlarning asosiy sifatlari shaxsning ob’ektiga nisbatan sub’ektiv munosabatiga bo‘lgan muhim belgilari sifatida namoyon bo‘ladi. Ular: ijobiy, salbiy, ikki yoqlama va noaniq (mavhum) munosabatlardir.
Salbiy emotsional holatlar simptomi ko‘p qirrali va turli tumandir. “Emotsional buzilishi” – aniq termin hisoblanadi, lekin Tibbiyot sohasida uning ma’nosi – klinik simptomlar (belgilardan ) aniq guruhi yoki axloqiy belgilar ko‘p hollarda qayg‘u keltirib, shaxsiy faoliyatga qarshi ta’sir o‘tkazadi. Tibbiyot sohasida quyidagi emotsional xastaliklar ko‘rsatilgan: bezovtalanish, depressiya, xotirjamsizlik, asab tarangligi va g‘azablanish. Yuqorida qayd etilganidek ko‘p belgili modelda quyidagi emotsional xastaliklar aniqlangan: depressiv, bezovtali va somatomorf.
Emotsional holatlar, munosabatlar va reaksiyalar patologiyasi gipotimiya, paratimiya va emotsiyalar tizimiga buzilishidan iborat.
Gipotimiya. Sog‘inch (qumsash) emotsional holati bo‘lib, qayg‘urish natijasida barcha psixologik jarayonlardan ustun turadi. Sog‘inch – yurak qisilishi ko‘krak qafasida siqilish kabi holatlarda namoyon bo‘lib, yurak oldi xuruji deb nomlanadi. Depressiv, nevrotik va depressiv – paranoid, oneyroid sindromi disforiyasi tizimiga mansub bo‘ladi. Bezovtalanish - emotsional holat yoki reaksiya bo‘lib, ichki hayajon, xotirjamsizlik, uyalish va ko‘krak qismida lokal siqilish xususiyati bilan xarakterlanadi. Oldindan kelgusidagi voqea hodisalardan xavotirlanish holatlarida namoyon bo‘ladi. Sog‘inch (qo‘msash)dan ko‘ra bezovtalanish holati affekt holatni qo‘zg‘atuvchi sifatiga ega. Nevrotik, depressiv – bezovtalanish, o‘tkir sarosimalik va ongning zaiflashuvi sindromlari tizimiga mansub bo‘ladi. O‘zini yo‘qotish (o‘zini anglay olmaslik) – sarosimalik. O‘zgaruvchan, labil emotsional holat bo‘lib, nochorlik, biror narsaga aqli yetmasligidan qayg‘urish bilan namoyon bo‘ladi.
Ongning xiralashuvi, affekt, affektiv - paranoid o‘tkir sarosimalik sindromlari tizimiga mansub bo‘lib, o‘ziga xos o‘tkir holatda namoyon bo‘ladi. Sog‘inch qumsashdan ko‘ra bezovtalanish holati affekt holatni qo‘zg‘atuvchi sifatiga ega, nevrotik depressiya bezovtalanish, o‘tkir saromasalik, affektiv sarosimalik va ongning zaiflashuvi sindromlari tizimiga mansub bo‘ladi. O‘zini yo‘qotish (o‘zini anglay olmaslik sarosimalik-o‘zgaruvchan, labil emotsional holat bo‘lib, nochorlik, biror narsaga aqli yetmasligidan qayg‘u bilan namoyon bo‘ladi. Ongning xiralashuvi affekt, affektiv paranoid o‘tkir sarosimalik sindromlari tizimiga mansub bo‘lib, o‘ziga xos o‘tkir holatda namoyon bo‘ladi.
Qo‘rquv – emotsional holat yoki reaksiyalar bo‘lib, o‘z hayoti yoki farovonligi (xotirjamligini) yo‘qotishdan qo‘rqib yashash holatida namoyon bo‘ladi. Fobik, o‘tkir sarosima sindromi tizimiga mansub bo‘lib, o‘tkir gallyusinoza, ongning, aqlning xiralashuvi (zaiflashuvi), gipotalamik paroksizm, tungi va kunduzgi bolalar qo‘rquvi kabi xususiyatlardan iborat.
Gipertimiya. Eyforiya – emotsional holat bo‘lib, xursandchilik, “yuzidan nur yog‘iladigan”, “oftobday yarqiragan” baxtiyorlik hissi va faoliyatga yuqori darajadagi talpinish bilan intilish. Bu holat manikal, manikal sarosimalik, oneyroid, parafren sindromi va demensiya sindromidan ba’zi ko‘rinishlar, alkogolik, narkomanlik va taksikomanlikdan mastlik holatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Ko‘ngilchanlik – mamnunlik hissidagi emotsional holat bo‘lib, faoliyatga umuman intilmaslik. Ekstaz – emotsional holat bo‘lib, ko‘tarinkilik ruhiyati, ekzol’tatsiya, ko‘pincha diniy, mistik kechinmalar orqali namoyon bo‘ladi.
Jahldorlik – salbiy ta’sirlanishning yuqori darajasi, atrofdagilardan norozi holatda agressiyaga va buzg‘unchilik harakatiga moyillik.
Psixologlar o'smirliklarning emotsional hayotidagi qo'zg'alishni qo'zg'alish va tormozlanishning asabiy jarayonlarining o'zgaruvchan faollashuvi bilan asoslashadi. O'smirlik davrida umumiy hayajon kuchayadi va ba’zi jarayonlar zaiflashadi. Biroq, o'smirlar o'zlarining hissiy tajribalarini ko'pini yashirishga moyildirlar. Bundan tashqari,o'smirlar bir ob'ektga nisbatan his-tuyg'ular va hissiyotlarning ambivalentsiyasi bilan ajralib turadi.
Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikatsiyalardan biri bu butun jahon olimlarining qaroriga ko‘ra 1965-yili Fanlar akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema bo‘yicha o‘smirlik davri 13-16 yoshgacha erkaklarda, ayollarda 12-15yoshgacha deb keltirib o‘tilgan. Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyondasi B.A.Kureteskiy insonning ontogenetik kamolotini belgilashda o‘smirlik yoshini 11 yoshdan 15 yoshgacha deb belgiladi.
O‘smirlik - bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. O'smirlik va aloqa qiyinchiliklari deyarli sinonimdir.... Qiyin, o'tish davri, inqiroz davri - bu o'smirlik davri, ya'ni 12-16 yoshli bola mutlaqo noaniq holatga tushib qoladi, chunki bolalik allaqachon tugagan, ammo haqiqiy voyaga etish hali boshlanmagan.
Yaqinda mehribon, tushunadigan va itoatkor bola ota-onasining iltimoslarini e'tiborsiz qoldiradigan va hamma narsani xohlaganicha namoyishkorona qiladigan o'tkir va tajovuzkor o'spiringa aylanadi. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis” deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘zo‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini “bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi.
Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. O‘smirlik davrlaridagi muloqot tizimlari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. Me`yoriy xulqning marginal jihatlarini o‘zlashtirish o‘smirlik davriga to‘g`ri keladi. O‘smirlik davridagi nizolar shunisi bilan qiziqki, tolerantlik ko‘rinishlari shakllanishning ketma-ketligini inobatga olgan holda o‘smirni “kattalarning kattasi” sifatida chiqish mumkin. O‘smir katta bo‘lib brogan sari uning hayotidagi barcha o‘zgarishlar uning uchun yangilik bo‘lib, hali o‘smir tomonidan yetarli darajada o‘zlashtirilmagan bo‘ladi. O‘zining sabrsizligi, qattiqqo‘lligi, qat’iyatligida o‘smir kattalardan ancha o‘zib ketadi. O‘smir o‘z olamida yashaydi, uning qadriyatlari tizimi yaxshilik va yomonlik dualizmiga asoslangan bo‘lib, aynan ularni atropf-olamga ko‘chirishga intiladi, kattalar esa ularning ruhiy mavjudlik tomonlarini kuchaytirish o‘rniga, ularni ko‘proq ijtimoiylashtirishga harakat qiladilar, buning natijasida rezonans yuzaga keladi, ya`ni ota-onasining negativ atmosferasi ta`sirida o‘smirda, negativism kuchayib qoladi.
Aynan o‘smirlik yoshida o‘ziga xos “tuynuk” paydo bo‘lib, bu tuynuk “A” tipidagi tolerantlik bilan “B” tip tolerantlik o‘rtasida hosil bo‘ladi; o‘smir endi bola uchun xarakterli bo‘lgan “A” tipidagi tolerantlikka toqati yo‘q va o‘z navbatida kattalarga xos bo‘lgan sabrlilik tolerantligiga ham hali tayyor emas. O‘smirlik suitsidi aksariyat hollarda, o‘smirning “marginal tolerantligi” kabi chegaralangan imkoniyatlar bilan izohlanadi.
Emotsiya - (lotincha) emotsion so‘zidan olingan bo‘lib, to‘lqinlanmoq ma`nosini anglatadi. Shaxsning voqelikka bo‘lgan o‘z munosabatini xis qilishdan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog`liq bo‘lgan kechinmalar. Tarqoq ma`noda olganda, hissiyot bu qandaydir bir oz doimiyroq his-tuyg`ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishidan iborat. “Emotsiya” so‘zini o‘zbek tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruxiy harakatlanish degan ma`noni anglatadi. Insoniy emotsiyalar “insoniylashtirilgan” ijtimoiy sharoit bilan bog`liq holda namoyon bo‘ladi. Emotsiyalarning “insoniylashuvi” shunday namoyon bo‘ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni, juda boy va murakkabdir.Odamlar bilan mehnat, siyosat, madaniyati, oilaviy hayot o‘rtasida paydo bo‘lgan munosabatlarning ko‘pligi, sof insoniy hissiyotlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ular bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshiga ochiq ko‘ngillik bilan jilmayish, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy berishni o‘rgatdi. Odam o‘z hissiyotlarini o‘zi boshqaradi. Ba'zi kishilar emotsiyalarini yashirish niyatida qaramaqarshi emotsiyalami ifodaiaydilar. Masalan, qayg‘urish yoki qattiq og‘riq paytida kulimsirash, kulgilari kelgan paytda yuzlarini jiddiy, o‘ychan holga keltira oladilar. Lekin o‘zining imo-ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish tizimidagi o‘zgarishlarni ushlab qolish juda qiyin bo‘ladi. Odam xayajoniangan paytda bir maromda nafas ola biladi, ko‘z yoshlarini ushlab qola oladi, lekin rangini o‘zgartirish yoki qizartirishga qodir emas. Ammo emotsiyalami paydo qiluvchi narsalardan o‘zini chalg‘itishi mumkin. Emotsiyalaming tashqi ifodasi turli ko‘rinishlarda ro‘y beradiki, unda asosiy o‘rinni ko‘rgazmali jihatlar asosiy o‘rin egallaydi.

Yüklə 187,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin