Birinchidan, emotsiyalar nafas ofish a'zolarining ishlarida o‘zgarish yasaydi. Masalan, yoqimli his-tuyg‘ular ishga tushganda nafas olishning teziigi va ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg‘ular ustun kelganda kamayadi, qo‘zg‘algan vaqtida nafas harakatlari tezlashadi hamda chuqurlashadi, zo‘r berish vaqtidasekinlashadi va yuzakilashadi, hayajon vaqtida tezlashadi, hamda kuchsizlashadi, kutilmagan holatda, hayron qolishda zudlik bilan tezlashadi, qo‘rquvda sekinlashadi va hokazolar.
Turli emotsional holatlarda nafas olishning o‘zgarishi
xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;
faol xafalikda 9 marta;
v) qo ’rqishda 64 marta; d) jahl chiqqanda 40 marta. Ikkinchidan, emotsiya imo - ishoralarda, mimikada, ya’ni kishining yuzida bo‘ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma’nodor harakatlarida ko‘rinadi.
Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya‘ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o‘zgarishlami va shuning bilan birga modda almashishida bo‘ladigan yanada chuqur o‘zgarishlami o‘z tarkibiga oladi.
Demak, emotsiyalaming tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, aft-bashara va qad-qomatning o‘zgarishlari, ayrim tashqi sekresiya bezlarining faoliyati yosh, so‘lak, ter ajralishi hamda ayrim harakatlaming xususiyatlaridagi o‘zgarishlar, ya'ni ulaming teziigi, kuchi, koordinasiyasi va hokazolar kiradi. Emotsiyalaming eng aniq va yaqqol ko‘rinishlaridan biri kulgi bilan yig‘idir.
L.N.Tolstcy o‘z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlaming 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan. "Har xil sabab bilan yig‘lagan paytda odamning boshi va og’zi har xil qiyofada o‘zgaradi" - degan edi. Leanardo daVinchi. Emotsional xossalar individning psixik ko‘rinishini belgilaydilar, shaxs emotsional tipini tashkil etadilar. Odamlar emotsional, o‘ta ta’sirchan, ehtirosli va frigid mijozlilarga bo‘linadilar. Birinchisi oson qo‘zg‘aluvchan, emotsional ta’sirchan, impulsiv; ikkinchisi - o‘z sezgilarini mushohada qilish, ulardan zavqlanishga moyil; uchinchisi - emotsional intiluvchan, o‘ta faol, maqsadga erishishda sabotli; to‘rtinchisi - aql bilan ish ko‘radilar, qayg‘urish hissi ularga yot.Biror ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan sezgilar ma’lum darajada bir jinsli ob’ektlar sinfiga ko‘chirib o‘tkaziladi. Shunday qilib, sezgilar qonuniyatlaridan biri ularning umumlashtirilganligi va ko‘chirib o‘tkazish imkoniyati hisoblanadi. Boshqa qonuniyat - sezgilarning davomli seskantiruvchilar ta’sirida sustlashishi. Xuddi shunday sevimli qo‘shiq hadeb tinglansa, yoqmay qolishi mumkin; juda ko‘p marta takrorlanadigan hazil kulgili bo‘lmay qoladi.
O‘smirlik davrida salbiy emotsional holatlar turlari. Salbiy emotsional holatlar barcha yosh kategoriyalari uchun xosdir. Ularning shu holda vujudga kelishi yosh kategoriyaga mansub ehtiyojlardan qoniqmaslik holati bilan bog‘liq bo‘lib, asosiy o‘ziga xos xarakteriga qo‘shimcha tarzda qoniqmaslik xususiyatini vujudga keltiradi. Emotsiyalar - bu psixik jarayon bo‘lib, insonning atrof muhitga va o‘ziga nisbatan sub’ektiv munosabatidir. Ular psixik faoliyatdagi va somatik namoyon bo‘lishdagi o‘lchashlarning o‘zgarishida o‘z aksini topgan, psixik jarayonlarning vujudga keladigan integrativ holatini (shaklini) bildiradi. Salbiy emotsiyalar, ayniqsa bezovtalik birinchi navbatda omadsiz muloqotlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bezovtalik darajasi yuqori bo‘lgan o‘smirlarda asosan ajralib turish, atrofdagilardan o‘z fikri va hissiyotini yashirishga harakat qilish xususiyati mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga, ularga atrofdagilardan katta e’tibor talab qilish va ularning qo‘llab-quvvatlashiga kuchayadi va o‘ziga tor, emotsional jihatdan qulay muloqot doirasidan hamkor tanlash tashabbusi va faolligi kuchli bo‘ladi. Boshqa o‘smirlar singari muloqot ular uchun ehtiyoj va ijobiy emotsional manbaidir, lekin faqatgina o‘zi tanlagan kishilar bilan.
O‘smirning bezovtaligi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar va sotsiometrik statusi (ijtimoiy holati) bir-biriga zid va turli xilda bo‘ladi. Masalan, A.M.Prixojyan bunday bog‘lanishni kichik o‘smirlik yoshida juda past darajada namoyon bo‘ladi, deb izohlaydi va bunda bezovtalangan bolalar o‘z tengdoshlari orasida har xil vaziyatda bo‘ladilar - yoqimtoylikdan to jirkanchlik holatida bo‘lishi mumkinligini belgilab beradi. Bezovtalanish mexanizmining rivojlanishi jarayoni bolani holsizlanishga va apatiya, depressiya holatiga olib keladi.