Mavzuning dolzarbligi: O’smirlik yoshidagi o’quvchilarning hissiy-emotsional xususiyatlarini o’rganish. O’smirlarning ketma-ket ravishda yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda, faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirish.O’smirlarning o’z tengdoshlari bilan muloqot jarayonini o’rganish va o’smirlar orasida uchrab turadigan nizoli vaziyatlarning oldini olish.
Kurs ishining maqsadi: Ilk o’smirning psixik rivojlanishini harakatga kеltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, ta'lim jarayoni ko`yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o`rtasidagi ziddiyatlardir. Turli qarama–qarshiliklar, ziddiyatlar o’smirning ahloqiy, aqliy, estеtik jihatdan tеz o`sishi orqali bartaraf qilinadi. Ilk o’smirnlik yoshidagi еtakchi omil yuqori sinf o`quvchisi faoliyatining xususiyati, mohiyati va mazmunidagi tub burilishdir. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «kеrаk» bo‘lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi.Mana shunday nizoli vaziyatlarni profilaktika qilish va korreksiyalash.
Kurs ishining vazifasi: O’smirlarda hissiy-emotsional holatlar namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlarini o’rganish va tadqiq etish.
Kurs ishining ob’ekti: O’smirlar
Kurs ishining predmeti: O’smirlarda hissiy-emotsional holatlar namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlari
Kurs ishining metodologik asosi:”Kuzatish” metodi ,”Suhbat” metodi
I BOB. O`smirlik davri haqida tushuncha O`smirlik avtonomiyalari
O`smirlik davrining xarakterli xususiyatlaridan yana biri —bu davrda o`smirlarda kuzatiladigan o`smirlik avtonomiyasi holatidir.O`smirlik avtonomiyasining huquqiy avtonomiya, emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqlanadi.Ma`lumki, bola dunyoga kelgan kundan boshlab kimningdir qaramog`iga muhtoj bo`ladi. Ota-onasi va boshqa yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va bolani muntazam nazorat ostida tutadi. Ular bolani har tomonlama qo`llab-quvvatlab turadilar va bola bunday qo`llab-quvvatlash, daldalarga muhtojlik his etib turadi.
O`smirlik davrida esa bola o`z hayotini, xavfsizligini ta`minlash borasida nisbatan mustaqillikka erishadi. Endi u o`zini-o`zi himoya qila olishi, lozim bo`lsa o`zi o`z imkoniyatlari darajasida mehnat qilib, yetarli darajada daromad qilishi, o`z ehtiyojlarini mustaqil ravishda o`zi qondira olishi mumkin bo`ladi.
Yuqorida keltirib o`tilgan huquqiy avtonomiya ayni vaqtda bola o`smirlik yoshiga yetishi bilan unga qator huquqiy imkoniyatlar berilishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda bola yuridik shaxs hisoblanib, ovoz berish huquqiga ega bo`ladi. Mabodo bu davrda o`smir ota-onasi ajralib ketgudek bo`lsa, bu holatda o`smirning qayerda va kim bilan qolishi bola xohishiga qarab hal etiladi. Shuningdek bola bu davrda o`z imkoniyatidan kelib chiqqan holda rasmiy ravishda jismoniy mehnat bilan shug`ullanishi ham mumkin. Lozim bo`lsa, ulardan o`z xattiharakati, qiliqlari uchun javob berishi ham talab qilinadi. Shu kabi huquqiy imkoniyatlarga ega bo`lish va bundan o`smirning xabardorligi uning huquqiy avtonomiyasining yuzaga kelishini ta`minlaydi. Bunday avtonomiyaga ega bo`lish o`smirda o`z xatti-harakati uchun javobgarlik, mas`uliyatlilik hissini yuzaga keltiradi.
O`smirlik avtonomiyalaridan yana biri — emotsional avtonomiyadir. Ma`lumki bola dunyoga kelgan ondan boshlab u onasi va atrofidagilarning emotsional, hissiy qo`llab-quvvatlashiga, mehr-muhabbatini namoyon qilishiga, erkalashiga ehtiyoj his qiladi. Shuning uchun ham ilk bolalik yoshidagi, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni suyub, erkalab ularni quchib, boshini silab, yoqimli gaplar va muomala bilan ularga hissiy yaqinlik namoyon qilinsa, ular bundan quvonib, xursand bo`ladilar va erkalayotgan shaxsga nisbatan talpinadilar. Buni yosh bolalarning onasiga suykalishi, ularning pinjiga suqilishi, ularga erkalanishi hollarida kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, bolalar o`z tengdoshlari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarida nizo-tortishuvlarga duch kelganida va ayniqsa, tengdoshlaridan «jabrlanganda», «yengila boshlaganidan », ota-onasidan va atrofidagi yaqinlaridan emotsional dalda, hissiy qo`llab-quvvatlash kutadi va bu borada ularga murojaat qiladi. Agar o`z vaqtida shu hissiy daldani ola olsa, o`zini erkin, tetik, g`olib his qiladi va ular bilan quvonib yuradi.
O`zining kichkinagina hayotida duch kelgan «muammolari»ni hal qilishda kattalar yordamiga muhtojlikni his qiladi, ulardan muntazam foydalanishga intiladi.
O`smirlik davrida esa aksincha, o`smir endi «yosh bola» emas, endi u «katta odam» katta odam esa mustaqil bo`lishi, o`z muammolarini o`zi hal qilishi kerak. Bu davrda kattalar yordamiga murojaat qilish tengdoshlar tomonidan qoralanadi. Va buni o`smirning o`zi ham xohlamaydi. Bu davrda o`smirlarga kattalar tomonidan oldingidek ko`rsatiladigan iltifot, erkalashlar erish tuyuladi. Endi ular o`zlarini erkalab, silab siypashlarini, «arzimagan narsalar» uchun kattalar tomonidan bildiriladigan olqishlarni «yoqtirmaydi». Endi ular atrofdagilarni hissiy qo`llab-quvvatlashlaridan xoliroq bo`lishga, o`z muammolarini o`zlari shaxsan hal qilishga intiladilar. Oldinlari ko`chada, bog`chada, maktabda yuz bergan voqealar haqida uyidagilarga shikoyat qilib ota-onasidan yordam so`ragan bo`lsalar, endi oiladan tashqarida birontasidan dakki eshitib, kaltak yeb kelgan taqdirda ham bu haqda ota-onasiga bildirmaslikka harakat qiladi va imkon qadar ota-onalarini uning «ishlariga» aralashmasliklarini xohlaydi. Bularning barchasi o`smirlarda bevosita kuzatiladigan emotsional avtonomiyaning ta`siridir.
O`smirlarda kuzatiladigan avtonomiya holatining yana biri makoniy avtonomiyadir. Bunga ko`ra o`smirlar imkon qadar o`z xonasida yolg`iz qolishga, biron-bir ishni bajarayotgan yoki biron-bir joyda bo`lgan vaqtlarida imkon qadar yolg`iz bo`lishga, ayniqsa, o`z ota-onasi, oila a`zolari nazaridan chetroqda bo`lishga, o`z o`y-hayollari bilan mashg`ul bo`lib vaqt o`tkazishga intilib qoladi. Suhbatlashsa ham asosan o`z tengdoshlari, yaqin o`rtoqlari bilangina muloqotda bo`lib o`z ota- onasi bilan imkon qadar kamroq muloqotda bo`lishga intilib o`zi bilan o`zi ovora bo`lib qoladi. Ayni vaqtda o`smirda kuzatilayotgan bu hodisalarning asl sababini tushunmagan ayrim ota-onalar ularning bunday holatidan xavotirlanib, ular bilan oldingiga qaraganda ko`proq qiziqib qoladilar. Boshqacha qilib aytganda ularning avtonomiyasiga «bostirib kiradilar». Buni esa o`smirlar yoqtirmaydi. Bunday holatlar o`smirlar va ularning ota-onalari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarida kelishmovchiliklar, nizolarning yuzaga kelishiga asos bo`lishi mumkin.
Yuqorida qisman to`xtalib o`tganimizdek o`smir ruhiyatida kuzatiladigan xarakterli xususiyatlardan biri ularning o`ta ta`sirlanuvchan, jizzaki, qo`rs, sal narsaga xafa bo`lishi uning hissiy noturg`unligi ifodasidir. Bunday holatlarning yuzaga kelish sabablaridan biri bevosita jinsiy balog`atga yetish, ichki sekretsiya bezlari, ayniqsa jinsiy bezlar vazifalarining faollashuvi va shular bilan bog`liq holda o`smir organizmida ro`y beradigan psixofiziologik o`zgarishlar bilan bog`liqdir.
Ma`lumki, o`smirlik davrida o`smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilarga, ayniqsa, o`z-o`ziga bo`lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo`nalishi keskin o`zgaradi. Uning o`z shaxsiga bo`lgan e`tibori kuchayadi. O`smirlik davrida shaxs egotsentrizmi boshqa davrdagilarga qaraganda eng yuqori darajaga yetadi. Bu davrda o`smir o`z shaxsiyatini boshqalardan ustun qo`yadigan, o`ziga ko`proq bino qo`yadigan bo`lib qoladi. Shu davrda o`g`il bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunchaki kattalarga taqlid qilib emas, balki tom ma`noda o`zining xatti-harakatini nazorat qilish, o`zining yurish-turishi, kiyinishi, tashqi ko`rinishiga astoydil e`tibor berish, pardoz-andoz bilan shug`ullanish kabi holatlar kuzatiladi.
Biroq bu davrdagi endokrin sistemasi faoliyati, epofiz, jinsiy sekretsiya bezlari ajratib chiqaradigan gormonlar ta`siri ostida o`smir organizmida va tana tuzilishida o`zgarishlar ro`y beradi. Uning tana tuzilishi proporsiyasi buziladi (u nisbatan beso`naqayroq bo`lib qoladi), tovushlari o`zgarib, do`rillab qoladi. Jinsiy balog`atga yetishning boshlanishi bilan yuzlariga husnbuzar chiqa boshlaydi. Bularning barchasi o`smir uchun kutilmagan, uncha xush kelmaydigan holatlardir va aynan ana shu holat o`smirning ta`sirlanuvchanligini, jizzakiligini ortishiga olib keladi. Shu davrda o`smirning tashqi ko`rinishi, shaxsiyatiga oid bildirilgan arzimagan nojo`ya gap uning uchun jiddiy salbiy kechinmalarga asos bo`lishi mumkin.
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni sub’ektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarakatrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob’ektiv) aks ettiradi, in’ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishni; c) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo. Sub’ektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi.
Hissiyot - yaqqol voqelikning ehtiyojlar sub’ekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’ektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarining aks ettirilishidir. Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga mohiyat, ma’no, ko‘lam, sifat, shakl jihatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo‘lar edi.
Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma’noda qo‘llanilib kelinadi: 1) sub’ekt (shaxs) bilan ob’ekt (narsa) o‘rtasida tabiiy holda (tarzda) yuzaga keladigan o‘zaro aloqa o‘rnatish (ob’ektiv munosabatlar); 2) o‘rnatilgan aloqalarning aks ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy sub’ektning ehtiyojlari va ularning ob’ektlararo munosabati (sub’ektiv munosabatlar), binobarin, namoyon bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam o‘rtasidagi munosabat ma’nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan, hissiyot o‘rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikka asoslanib ishlatilishi kundalik turmush voqealari bo‘lib hisoblanadi, xolos. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda «Hissiyot», odatda, tirik mavjudodlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qonliruvchi va unga monelik qiluvchi ob’ektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa, chet mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning ta’-bassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yigi, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehroqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuchquvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning o‘zaro bir-biridan qat’iy cheklab qo‘yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala sub’ekti o‘zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyati hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqador (xoh foydali, xoh hzararli bo‘lishdan qat’iy nazar) omillar, qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «emotsiya» deyiladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan, muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat sub’ekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.
Olingan ma’lumotlarning xilma-xilligi va xavotirlik darajalarining turli-tumanligi Ch.D.Spilberg tomonidan yaratilgan “Reaktiv va shaxsiy xavotirlik shkalalarini o‘rganuvchi metodika”si bo‘yicha shaxsning reaktiv va shaxsiy xavotirlik darajasining ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya mehanizmiga diapazonidagi o‘ratacha qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlari dinamikasini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Bunga ko‘ra, tadqiqotda ishtirok etgan 5-sinf o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50 nafar qizlar, 50 nafar yigitlar) 11 foizida past, 19 foizida o‘rtacha, 70 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik darajasi namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar) 7 foizida past, 11 foizida o‘rtacha, 30 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi,
yigitlarda (jami 50 nafar) 4 foizida past, 8 foizida o‘rtacha, 38 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi ustunlik qildi. Tadqiqotda ishtirok etgan 9-sinf o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50 nafar qizlar, 50 nafar yigitlar) 14 foizida past, 28 foizida o‘rtacha, 38 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar) 6 foizida past, 13 foizida o‘rtacha, 31 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi, yigitlarda (jami 50 nafar) 8 foizida past, 15 foizida o‘rtacha, 37 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi ustunlik qildi.
Tadqiqotda ishtirok etgan 5-sinf o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50 nafar qizlar, 50 nafar yigitlar) 18 foizida past, 26 foizida o‘rtacha, 58 foizida yuqori darajada shaxsiy xavotirlik darajasi namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar) 10 foizida past, 14 foizida o‘rtacha, 26 foizida yuqori darajada shaxsiy xavotirlik dajarasi, yigitlarda (jami 50 nafar) 8 foizida past, 12 foizida o‘rtacha, 30 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi ustunlik qildi. Tadqiqotda ishtirok etgan 9-sinf o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50 nafar qizlar, 50 nafar yigitlar) 21 foizida past, 24 foizida o‘rtacha, 55 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar) 13 foizida past, 15 foizida o‘rtacha, 22 foizida yuqori darajada shaxsiy xavotirlik dajarasi, yigitlarda (jami 50 nafar) 8 foizida past, 9 foizida o‘rtacha, 33 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi ustunlik qildi.
1-jadval 5-sinf o‘quvchilarida reaktiv xavotirlik darajasi % hisobida
2-jadval 5-sinfo‘quvchilarida shaxsiy xavotirlik darajasi % hisobida
3-jadval 9-sinf o‘quvchilarida reaktiv xavotirlik darajasi % hisobida
Ishtirokchilar daraja
Jami (100 nafar)
Qizlarda (50 nafar)
Yigitlarda (50 nafar)
Past
14
6
8
O‘rtacha
28
13
15
yuqori
58
31
27
4-jadval 9-sinf o‘quvchilarida shaxsiy xavotirlik darajasi % hisobida
Umuman, o‘smir shaxsdagi xavotirlanish xususiyatlari va psixologik himoya imkoniyatlari mutanosibligining o‘rtacha umumiy va qiyosiy tipik ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda 9 sinf o‘quvchilariga nisbatan 5 sinf o‘quvchilarida ham shaxsiy, ham reaktiv xavotirlik darajasi ham yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Demak, ta’lim muassasalarining rahbarlari, maktab o‘qituvchilari, psixologlari, sinf rahbarlari va ota-onalar bu holatni inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari talab qilinadi. Aks holda ekstremal vaziyatlarda shaxsning psixologik himoya imkoniyatlari pasayib ketishi mumkin.
O‘smirlar salbiy emotsional holatlarini o‘rganish va psixologik yordam ko‘rsatish natijasi:
Ushbu tajribada keng tarqalgan o‘smir yoshida salbiy emotsional holatlarining turlari fobik-bezovtalik buzulish xulq-atvori va emotsiyalarning aralash buzilishi depressiv buzulish. Depressiv buzulish kechgan o‘smirlar psixiatr vrachlar va psixoteropevtlar kompitensiyasiga kirsa bizning tajriba maydonimizda yuqorida ko‘rsatilgan ikki holdagi o‘smirlar bilan ish olib borildi.
Ushbu turdagi salbiy emotsional holatdagi o‘smirlarni birlashtirib turadigan ayrim shaxsiy bezovtalikning darajasi balandligi o‘ziga noadekvant baho berish xolerik va melanxolik temperamentning ustunligi.
Har xil salbiy emotsional xolatli ko‘rsatgichli o‘smirlar xarakterologiyasi bilan ajralib turadi aynan fobik-bezovta o‘smirlarda epileptoid sensitiv va psixotenik tipdagi aksentual xarakterlari ko‘rsatgichi yuqori.
Emotsiya va xulq atvoridagi aralash o‘zgarishi o‘smirlar gipertim va shizoid tipdagi aksentuatsiyasi ko‘rsatgichlari yuqori.
Ikkala psixologik tip farqi shundagi tashqi muhit ta’sirida fobik-bezovta tipdagi o‘smirlar qo‘rquv va chiqib ketish emotsiya va xulq-atvori aralash tipidagi o‘smirlar agressiya va chiqib ketish hollari kuzatiladi.
Bunday salbiy emotsional hollarning o‘smirlarda kelib chiqishi oiladagi tarbiya bilan bog‘liq giperproteksiya fobik-bezovtalik hollarining salbiy rivojlanishiga olib keladi; emotsional qorovsiz qolgan o‘smirlarda emotsiya va xulq-atvorida burilishlarga ro‘y beradi.
O‘kazilgan tajribalardan kelib chiqib quyidagi o‘smirlarda salbiy emotsional holatlarini oldini olish psixologik modeli ishlab chiqishdi. Psixologik yordam ko‘rsatish maqsadi salbiy emotsional tip diagnostikasi individual psixologik holatdagi o‘smirlar va oilaviy tarbiya tiplari o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan ishlash va metodlarini tanlash emotsional holatda kuzatish o‘smirlarga takroriy psixologik yordam ko‘rsatishni tashkil qilish.
Har bir konkret holatda o‘smirlardagi nohush psixologik emotsiyani oldini olishda emotsional nohushlik sabablari o‘rganilishi kerak. (individual spesifik, guruhiy variantiv umumiy) ammotrening guruhni tashkil etishda getero va gemogen holatlarining optimal birlik prinsipiga bo‘ysunishini tashkil etish.
O‘smirlarda psixologik emotsional nohush holatlarining o‘zgarishidagi kriteriyalar asosan (oila maktab, guruhdagi tengdoshlar) jamoatda o‘zini yengil tuta bilishiga qaratilgan. O‘smirlar bilan o‘tkaziladigan psixoprofilaktika psixolog, pedagog, ota-onalar bilan birgalikda maktab sharoitida o‘tkazildi. Emotsional-salbiy hollarini o‘smirlarda oldini olish psixologik metodlari ya’ni usullar bilan o‘tkaziladigan dispanseridatsiyaga hojat yo‘q.
3 yil davomida o‘smirlardagi emotsional noxush xolatlar spesifikasi psixonevrologik dispanser sharoitida va shuningdek xulq-atvorini komponenti nuqtai nazaridan o‘rganilib chiqildi.
O‘smirlardagi emotsional nohush holatlar muammolari o‘rganishligi va analiz, tibbiyot, pedagogika va psixologiya chet el va o‘zbek mualliflarining materiallari bo‘yicha foydalanildi.
Emotsional xohish holatlarini oldini olish bo‘yicha psixologik model ishlab chiqildi fobik-bezovta buzulishi tipdagi o‘smirlarga psixologik xarakteristikasi berilgan.