3.Topshiriq
Geografik maydonchaga o’rnatiladigan asboblarga tushuncha bering.
Tabiatdagi ba`zi ob`ekt va hodisalarni o`quvchilar bevosita kuzata olmaydilar, ular to`grisidagi tushunchalar esa o`zlashtirib olib qo`yish ancha qiyin. Anashunday tushunchalarni tarkib topdirishda maktab geografik maydonchasi katta yordam ko`rsatishi mumkin. Geografiya maydonchasi zarur asboslar bilan jihozlangan o`quvchilarning tabiatshunoslik va geografiyaga doir kuzatish ishlari olib borish va geografiyaga doir kuzatish ishalari olib borish va mashqalar uchun ajratilgan joy.Maktab geografiya maydonchasini ochiq yerdagi labaratoriya deb atash mumkin. Bu yerda V-sinf o`quvchilari ish olib boradilar. O`quvchilarning atrofdagi tabiatni bevosita kuzatishdan maqsad, jonsiz tabiat hodisalari o`rtasida aloqa va bog`liqliklarni aniqlashdan iborat.
Joydagi amaliy ish va kuzatishlaming ancha qismi maktab oldidagi maydonning geografiya maydonchasida o'tkaziladi. Jumladan, bu yerda ob-havoni va quyoshning harakatini muntazam kuzatib borish, joyda mo'ljalga olish, masofani o'lchash kabi ishlarni bajarish, shuningdek, tabiatshunoslik dasturi bilan bog'liq topshiriqlami amalga oshirish mumkin. Geografiya maydonchasini tayyorlash uchun o'lchami taxminan 10 m2keladigan ochiq joy shunday tanlanadiki, unga katta daraxt va binolarning soyalari tushmaydi. Maydoncha avval tekislanadi, so'ng unga qum sepiladi va atrofi o'raladi. Bu maydoncha o'quvtajriba maydoni yonida bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Tabiatshunoslik darslarini o ‘tish uchun maydonchada ushbu jihozlar mavjud bo'lishi zarur:
1. O’lchovchi-devor. Bu o ‘ram (ihota)ning har bir metri oralab har xil bo'yoqlar bilan bo'yaladi. O’lchovchi-devor bo‘ylab yo‘lcha qaziladi. Undan fazoviy tasawurlami rivojlantirish, jumladan, «Plan va xarita» mavzusini o'tishda foydalaniladi.
2. Balandlikni о ‘lchovchi ustun. Balandligi 10 m, har qaysi metri navbat bilan ikki xil — rangli. U balandlikni taqqoslash, shuningdek, fazoviy o'lchash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Ustunning uchiga fluger o'matiladi.
Dostları ilə paylaş: |