3. Fluger shamol yo'nalishini aniqlovchi asbob. Uni o'quvchilarning o'zlari tunukadan yasashlari yoki do'kondan shamol kuchini aniqlash uchun shamol o'lchagich bilan birga sotib olishlari mumkin.
4. Во’y o'lchagich bo‘y o'lchash uchun yog'ochdan yasalgan asbob. Bo'y o'lchagichdan foydalanib o'quvchilar o'z bo'ylarini o'lchaydilar va boshqa narsalaming balandligi bilan taqqoslaydilar. Bunda ko'zda chamalash ko'nikmasi rivojlanadi.
5. Kvadrat metr uzunligi 1m keladigan reykalaming o'zaro biriktirilishidan hosil qilingan yuza. U maydonchaga qo'yiladi va ichiga maydalangan g'ishtlar solinadi. U kvadrat metr to'g'risida ko'rgazmali tasavvur beradi.
6. Gnomon. Quyoshning ufq ustidan balandligini aniqlaydigan asbob. Gnomon yordamida, ufq tomonlarining yo'nalishlarini ham aniqlash mumkin. Chunonchi, kunning yarmida soya shimolga yo'nalishini ko'rsatadi va qisqa bo'ladi, chunki Quyosh tikka (zenit) da turadi, erta bilan soya g'arbga, kechqurun esa sharqqa yo'nalgan bo'ladi. Har doim shimolga yo'nalishni bilish uchun kunning yarmida gnomon soyasi yog'Ii bo‘yog' yoki g'isht parchasi bilan belgilab qo'yiladi.
7. Rumbik halqa. Undan ufq tomonlariga nisbatan o'zi turgan joyni aniqlash uquvlarini hosil qilish uchun foydalaniladi. Shu maqsadda g‘isht yoki yog‘ochlar yarmigacha yerga kirgizib gnomon atrofiga teriladi. Doira — halqaning tashqi tomoniga ufq tomonlari nomlarining bosh harflari qo‘yiladi. Yarim kun chizig‘i bo'yicha shimol, qarshisida — janub, o'ng tomonida — sharq, chapda — g'arb hamda ular o'rtasidagi oraliq tomonlar — shimoli-sharq, shimoli-g‘arb, janubiy-g‘arb, janubi-sharq belgilanadi.
8. Quyosh soati. U xohlagan o'lchamli gorizontal qo'yilgan yog'och doira bo'lib, o‘rtasida o'qi bo‘ladi. Doiraning chetiga gnomon bo'yicha (kun yarmida ustunning, ya’ni o'qning shimolg yo'nalgan soyasi bo'yicha) 12 raqami qo'yiladi. Raqamlar bir biridan teng masofada joylashadi. Quyosh soatidan barcha sin o'quvchilari foydalanishlari mumkin. U maydonchaning janubiga eng ochiq joyga o'matiladi.