Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə29/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Исхоков Тарихий география

Dashti Qipchoq

Great steppe



Великий степь

Sirdaryoning quyi oqimi hamda Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘ridan Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo‘lgan xududlarning XI-XVI asrlardagi nomi. Bu yerlarda ko‘chmanchi qipchoq qabilalari yashagani uchun shunday nom olgan.

Devon

The State Chancellery



Государст­вен­ная канцелярия

Davlat bosh idorasi. Sosoniylardan (224-651) Husrav I Anushervon davrida (531-579) shoh­ga hisobot beruvchi amaldorlar va ularning idorasi. 2) Ummaviylar (661-750) va abbosiylar sulolasi (750-1258) davrida hamda o‘rta asrlarga mansub boshqa islom mamlakatlarida Devon al-xiroj - soliq-moliyaviy idora. 3) Tarix­chi Narshaxiy (? -899) keltirgan ma’lu­motlarga ko‘ra Somoniylar davlati, asosan, o‘nta devon (vazir devoni, moliya ishlari devoni, davlat hujjatlari devoni, soqchilar boshlig‘i devoni, xat-xabarlar mutasaddisi devoni, saroy ish boshqa­ruv­chisi devoni, davlat xos mulklari devoni, muxtasib devoni, vaqflar devoni, adliya ishlari devoni) yordamida idora etilgan. Saljuqiylar (1038-XII asr oxiri), xorazmshohlar (1097-1231) va mo‘g‘ullar davrida ham somoniylar zamoni­dagi davlat tuzilishi saqlanib qolgan. Temuriylar davrida ba’zi devonlarning nomlanishi o‘zgargan bo‘lsada, bajaradigan ishlari bir xil bo‘lgan. Bu tartib shay­bo­niylar davrida ham asosan saq­langan. Ash­tar­xoniylar va mang‘itlar hukm­ronligi dav­ri­da davlat boshqaruv tartiboti birmuncha murak­kab­lashgan. Moliya ishlari - devonbegiyi kalonga, mushrifning vazifalari - ko‘kaldoshga, muxtasi­b­ni­ki - raisga topshiril­gan. Umuman xonliklar davri­da ham ko‘pgina devonlar davlat boshqaruv tizimida saqlanib qolgan. Rossiya Xiva xonligi ustidan o‘z protektoratini o‘rnatgach (1873 y.), Xiva xoni huzurida 7 kishidan iborat devon tashkil etilgan. Ulardan 3 kishi chor ma’muriyati, 3 kishi Xiva xoni vakillaridan iborat bo‘lgan.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin