Xiva xonligining poytaxti Xiva shahrining ichki qal’asi; Shahriston. Ichan qal’ada xon saroyi, aslzodalar yashaydigan maskan, maqbara, madrasa, masjidlar joylashgan. Uning umumiy maydoni 26 gektar. Devorining uzunligi 2200 metr. Tashqi shahardan Ichan qal’aga 4 ta darvoza (Bog‘cha darvoza, Polvon darvoza, Ota darvoza, Tosh darvoza) orqali kirilgan.
1961 yilda Ichan qal’a ansambli me’moriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan. 1990 yildan Ichan qal’a Butun jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan. 1997 yilda Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan asosiy yo‘nalishdagi yodgorliklar qayta ta’mirlandi.
Iqto’
iqta
(gift estate)
икта (подарчный имущество)
o‘rta asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida hukmdor tomonidan feodalga katta xizmatlari evaziga in’om qilingan chek yer. Odatda iqto’ umrbod berilmay, hukmdor uni istagan vaqtida qaytarib olib, boshqa birovga berishi mumkin bo‘lgan.
Jabg‘u
jabu (heir)
жабу (наследник престола)
yabg‘u - 1) Kushonlar davrida (1-1V a) oliy unvonlardan biri; 2) Turk xoqonligida (551-VIII a) qag‘an va tegin (xonzoda, taxt vorisi) kabi ma’muriy-harbiy mansablardan keyin turadigan unvon. Harbiy sarkarda sifatida ko‘shinning o‘ng tomoniga rahbarlik qilgan. Bu mansabni egallashga faqat hoqon urug‘i Ashinadan chiqqan shaxslargina haqli bo‘lgan. Turk xoqonligiga asos solinganidan so‘ng Buminga xoqon (qag‘an), Istemiga esa (yabg‘u) unvoni berilgan; 3) Ug‘uzlar va qarluqlar hukmdori ham jabg‘u deb yuritilgan.