Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə30/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Исхоков Тарихий география

Derbiklar

derbik (nomadic tribes)



Дербикы (кочевые племена)

massagetlar siyosiy uyushmasi (konfe­dera­siyasi)ga kiruvchi sak qabilasi. S.P.Tolstovning fikricha, derbiklar Amu­daryoning o‘rta oqimida hozirgi Chorjuy bilan Buxoro oralig‘ida yasha­ganlar. Tarixchi Ktesiyning ma’lumotlariga ko‘ra ahamoniylar shohi Kir II miloddan avvalgi 530-yilda derbiklar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan.

Dizak

Dizak

Дизак

(sug‘d. - kichik qal’a) - Jizzax shahrining o‘rta asr tarixiy manbalaridagi nomi. X asrda Dizak Faknon rustoqining tekislikda joylash­gan shahri bo‘lib, Ustrushonaning Panjikent va Zo­min­dan keyingi uchinchi shahri bo‘l­gan. Dizak shimoldagi ko‘chman­chi qabila­larga qarshi kurashuvchi islom g‘oziy­lari to‘planadigan yer sifatida mashhur bo‘lib, ular uchun bu yerda ko‘plab mehmon­xona va rabotlar kurilgan.

Ding

ding (minaret)



динг (минарет)

Movarounnahrning dehqonchilik hududlarini ko‘chmanchilar bosqini va talonchiligidan saqlash maqsadida chegara hududlarida quril­gan kuzatish minoralari.

Etno-madaniyat

ethnic
culture



этно-культура

millatga tegishli bo‘lib, uning tarixiy ta­raq­qiyot jarayonida shakllangan urf, odat, an’a­na, qadriyatlari, udum, marosimlari, ki­yim­lar, moddiy va ma’naviy merosi, tafak­kuri, ongi, g‘oyaviy hamda axloqiy jihatdan o‘ziga xos­li­gi­ni ifodalovchi ma’naviy boyligidir.

Etnos

ethnos

этнос

(yunon. ethos – guruh, qabila, xalq) etnik birlik, ijtimoiy tarixiy jarayonlar natijasida shakllangan odamlar ijtimoiy guruhining bir turi. E. urug‘, qabila, elat va millat shakl­larida namoyon bo‘ldi. Etnos tushunchasi 1921-1923 y.da S.M.Shirokogorov tomoni­dan chuqur tahlil qilingan. U e.ni insoniyat lokal guruhi mavjudligining asosiy shakli deb hisoblagan. Uning asosiy belgilari deb esa, - «kelib chiqish, urf-odatlar, til va tur­mush tarzi birligi» deb bilgan.

Iloq

Ilak

Илок

Eloq - tarixiy viloyat. Hozirgi Toshkent viloya­tining janubi, Ohangaron daryosi havzalariga to‘g‘ri keladi. V asrdan mustaqil davlat sifatida ma’lum. Iloq hukmdorlari "Iloq dehqonlari" unvoni bilan yuritilib, katta iqtisodiy va siyosiy mavqega ega bo‘lishgan. VI-VII asrlarda Choch­ga qo‘shilgan. Iloq nomi XIV asrdan manbalarda uchramaydi. Iloq­ning poytaxti Tunkat shahri bo‘lgan.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin