Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə26/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Исхоков Тарихий география

Topshiriqlar variantlari:
1) Mavzuni o‘rganishda turli adabiyotlarda mavjud ma’lumotlarni jamlash, tahlil etish birinchi savolning asosiy mazmunini ochib berishga e’tibor qaratish.
2) Ikkinchi va uchinchi asosiy savol mohiyati haqida ma’lumotlar, faktlar berish, voqea-hodisaning sabablarini ochib berish lozim.
3) Tarixiy voqeani qiyoslash va solishtirish, tahlil etish orqali mustaqil fikr va xulosalar tayyorlash.

Case study”
Tarixiy voqeani qiyoslash va solishtirish, tahlil etish orqali mustaqil fikr va xulosalar tayyorlash.




Nazorat savollari:

1) Mavzuning mohiyatini sharhlang!


2) Mavzu bo‘yicha manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni bilasizmi?
3) Mavzuda keltirilgan tarixiy hudud bugungi qaysi viloyat, shahar hududiga to’ri keladi?
Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati:
1. Бўриев О. Марказий Осиё тарихий географияси, ЎзМУ, Т., 2014
2. Камалиддинов Ш.С. Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязичним источникам IХ – начала ХIII вв. Т., 1996.
3. Merrills A.H. History and geography in Late Antiquity, Cambridge University Press, 2005, P. 406
4. Бўриев О. Ал-Фарғоний ва унинг илмий мероси. Т., 1998.
5. Малявкин А.Г. Историческая география Центральной Азии (Материали и исследования). Новосибирск СО, 1981


MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI

Mustaqil ta’lim “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” kafedrasi o‘qitiladigan har bir fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, talabalarning mustaqil bilimni o‘zlashtirish, muayyan ko‘nikmalar hosil qilish, izlanishlari natijasi hisoblanadi. Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlardan foydalanib konspekt qiladi, berilgan uy vazifasini tayyorlaydilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi va testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga vazifani bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas. Mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan bo‘lib, ular quyidagi mavzulardan tashkil topgan.


Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasida mustaqil ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, asosan, talabalarga birinchi manbalar haqida ma’lumot berish, ularni o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish va konspekt olish asosida tashkil etiladi. Mustaqil ta’lim har reyting davomida talabalar tomonidan topshiriladi.
Joriy nazoratdagi mustaqil ish 5 ko‘rinishda bo‘lib, ular o‘quv fanlari­ning ishchi dasturlarida belgilangan shaklda va talabalar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Mustaqil ishlar har reytingda 10 ballik tizimda baholanadi. Mustaqil ish turlari quyidagilar:

  • Berilgan mavzu buyicha slayd-prezentatsiya tayyorlash;

  • Berilgan mavzu buyicha kompleks ish tayyorlash;

  • Berilgan mavzu bo‘yicha movie maker dasturi asosida video tayyorlash;

  • Berilgan mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar asosida 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) glossariy tuzish;

  • Berilgan mavzu bo‘yicha qiyosiy tahlilni amalga oshirish.




Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin