Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə23/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Исхоков Тарихий география

Topshiriqlar variantlari:

  1. Mavzuni o‘rganishda turli adabiyotlarda mavjud ma’lumotlarni jamlash, tahlil etish birinchi savolning asosiy mazmunini ochib berishga e’tibor qaratish.

  2. Ikkinchi va uchinchi asosiy savol mohiyati haqida ma’lumotlar, faktlar berish, voqea-hodisaning sabablarini ochib berish lozim.

  3. Tarixiy voqeani qiyoslash va solishtirish, tahlil etish orqali mustaqil fikr va xulosalar tayyorlash.

Nazorat savollari:

1) Mavzuning mohiyatini sharhlang!


2) Mavzu bo‘yicha manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni bilasizmi?
3) Mavzuda keltirilgan tarixiy hudud bugungi qaysi viloyat, shahar hududiga to’ri keladi?
Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati:
1. Бўриев О. Марказий Осиё тарихий географияси, ЎзМУ, Т., 2014
2. Камалиддинов Ш.С. Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязичним источникам IХ – начала ХIII вв. Т., 1996.
3. Merrills A.H. History and geography in Late Antiquity, Cambridge University Press, 2005, P. 406
4. Бўриев О. Ал-Фарғоний ва унинг илмий мероси. Т., 1998.
5. Малявкин А.Г. Историческая география Центральной Азии (Материали и исследования). Новосибирск СО, 1981
6. Муҳаммад ибн Мусо ал-Хоразмий. Танланган асарлар (Кириш сўз, таржима ва изоҳлар А.Аҳмедовники). Т., 1983.


Seminar mashg‘uloti –VIII. Hofizi Abruning geografik asarida Markaziy Osiyo


Ma’muraning Movarounnahr (51) deb ataluvchi qismi, asosan, yetti iqlimning beshinchi iqlimida joylashgan. Ul mamlakatning boshlanishi g‘arb tomondan, Xolidot orollaridan boshlab hisoblaganda uzunligi to‘qson besh daraja bo‘lgan joydir va bu Xorazmning uzunligiga to‘g‘ri keladi; to Koshg‘ar va Xo‘tangacha, uning uzunligi bir yuz yetti daraja. Ana shu o‘n ikki daraja uzunlikni Movarounnahrga tegishli, deb biladilar. Uzunlik [Atlantika] sohilidan hisoblangan ba’zi bir [zijlar] nusxalarida bundan o‘n daraja kam ko‘rsatilgan; ya’ni boshlanishi-sakson besh darajadan, oxiri to‘qson yetti [darajagacha].
Movarounnahr maqtovida shunday demishlar: «Unda gullab-yashnagan joylar haddan ziyod va obodonchilik, shahar, qishloq, ekinzor qilinmagan joyning o‘zi topilmaydi. havosi havolarning eng sog‘lomi, suvlari mavjud suvlarning eng totlisidir. Shirin suvli buloqlar uning barcha tog‘larida va vodiylarida mavjud; dasht-cho‘llari beqiyos xushmanzara erur. [Yirik] shaharlari: Buxoro, Samarqand, Termiz, Xo‘jand. Odamlari din va ilmda eng yaxshi va solih, saxovatpesha va dovyurak erurlar. Dunyoning iqlimlari ichida yeri unumdor va noz-ne’mati shuhrat qozongan [joy]lardan biri Movarounnahrdir.
Kengligi Omuya va Jayhundan, bu to‘rtinchi iqlimning boshlanishidir. [Gradus hisobida] o‘ttiz to‘qqiz darajadan to qirq to‘rt darajagacha, jami besh daraja. [Shundan] taxminan chamalaganda, Movarounnahrning maydoni yuz farsang bo‘ladi.
Ba’zilar Movarounnahr mamlakatini bir tomondan Omuya daryosi va ikkinchi tomondan Sayxun14 daryosi oralig‘ini [aytadilar]. Kitoblarda uni Jayhun va Sayxun davlati [ham deb yozganlar]. Chegaralari: Movarounnahrning shimoli-sharqiy chekkasi-Koshg‘ar va Xo‘tan viloyati, to Mo‘g‘uliston hududigacha, undan so‘ng Uyg‘ur yeri keladi. Movarounnahrning g‘arbiy chekkasida Xorazm joylashgan, Xorazmni [odatda] Movarounnahrga kiritadilar. [Ammo] ba’zilar Xorazmni Jurjonga tegishli, deb biladilar. [Movarounnahrdan] shimoli-g‘arbiy tomonda Dashti Qipchoq, O‘zbek diyori va Turkiston joylashgan. Uning janubida bir cho‘l (Qoraqum) borkim, u Xorazmni Xuroson va Xazar dengizidan ajratib turadi. Movarounnahrning shimoli oltinchi iqlimga kiradi, ya’ni Olmalig‘ va Balasog‘undir, ular barchasi Turk mamlakatidir. Movarounnahrning janubiy tomonida Jayhun daryosi bo‘lib, u Xuroson o‘lkasi bilan Movarounnahr o‘rtasida chegara hisoblanadi. Shu sababdan uni Movarounnahr15 deyishadi.
Movarounnahrda turli qazilma boyliklar bor: oltin, kumush, simob, temir, mis; nashatir koni esa faqat shu o‘lkada bor xolos. Ul mamlakatda neft koni ham bor; bu ma’dan Turkiston bilan Mo‘g‘iliston to Xo‘tan hududigacha bo‘lgan tog‘lardadir, ular barchasi Turonzaminga taalluqli. Kishilar ehtiyoji uchun nimaiki zarur bo‘lsa Movarounnahr mamlakatida yetishtiriladi, Movarounnahrning ajoyibotlari; u yerda tog‘da bir tog‘ bor va undan bir buloq sizib chiqadi. [Buloq suvi] qishda shunday issiqki, biror kishi unga kirmoqchi bo‘lsa issig‘iga chidolmaydi; yozda esa o‘ta sovuq, hatto muzlaydi.
Turkiston bilan Movarounnahr oralig‘idagi tog‘da qora tosh bor, xuddi toshko‘mirga o‘xshab yonadi. Uni ot-ulovlarda [ko‘plab] olib kelishadi va odamlar sotib oladilar. Yonib bo‘lgandan so‘ng, undan oq moda - kul hosil bo‘ladi va undan ishqor sifatida foydalanadilar.
Yana bir tosh borkim, uni suvga solsalar do‘l va yomg‘ir yog‘adi, shamol [paydo] bo‘ladi. Ahli hikmat, [ul joy uchun] xos bo‘lgan narsa ana shu tosh erur, deydilar. - Barcha ishlarning haqiqatini faqat Alloh bilguvchidir.
[Movarounnahr yer yuzidagi] barcha mamlakatlar ichida noz-ne’mat eng ko‘p joy sanaladi, iqlimi sog‘lom. Ul diyorda ocharchilik va vabo kamdan-kam hollardagina bo‘ladi. Agar ahyon-ahyonda ekinlarga biror zarar tegib qolgan taqdirda ham, ularning o‘tgan yilda yig‘ib qo‘ygan zaxiralari shunchalik ko‘p bo‘ladiki, yana bir yildan ortiq muddatga ham yetadi. Ul mamlakatda turli navdagi mevalar farovon erur. Movarounnahrning tog‘larida pista o‘sadi. Hirotning Bodg‘is [viloyatidagidek].
Movarounnahrning bir-biridan go‘zal to‘rtta [yirik] shahri bor.
Nazm:
Movarounnahr mamlakati bo‘ylab,
To‘rtta shahar bor, bir-biridan go‘zal.
Avval Buxoro-ilm va fazilat manbai,
Rum va Chin diyorlariga ham dong‘i ketgan.
Ulug‘ Samarqand shahri-saltanat makoni,
Shuhratda shaharlar ichra niginli16 toj kabidir.
Undan so‘ng Termiz-saxiylar va avliyolar maskani,
[Ko‘rkam] suv bo‘ylari zilol daryolarning rashkini keltiradi.
Xo‘jand shahri ul mamlakatda,
Kayf-safo joyi, obod mavze va so‘fiylar vatani erur.
Movarounnahr aholisining ot-ulov va chorva mollari ko‘p. Ul mamlakatda tuya junidan juda chiroyli chakmon tayyorlaydilarkim, undayini butun dunyoda hech bir joyda tayyorlay olmaydilar; barcha iqlimlarga shu yerdan olib ketadilar. Movarounnahr o‘lkasi Turkistonning bandargohidir17, tulki, suvsar va olmaxon teri-mo‘ynalarini ko‘pincha shu yerga olib keladilar va u yerdan turli iqlimlarga olib ketadilar.Movarounnahr aholisi ulug‘vorlik va mardonalik ila dong taratgan. Aytmishlarkim, [bir kuni] Kashosif Jomosibdan «Mening o‘g‘illarim mard, lashkarim buyruqni bajaradigan va qizlarim iboli bo‘lishi uchun nima qilishim kerak?-deb so‘raganda, u: «Lashkarni Movarounnahrdan yig‘, xotinni Rumdan ol va Balxda yashagin»,-deb javob qilibdi. Xalifa Ma’mun (Bag‘dod xalifasi, 813-833) askarlar maqtovi haqida so‘z qotganda: «Movarounnahrdan bir kishi, Shomdan ikki kishi va Iroqdan bir kishiga [teng keladi]», degan ekan.
Movarounnahr islom zamonida Somoniylar davlati vaqtlarida juda obod bo‘ldi, ayniqsa Buxoro, ularning poytaxti edi. [Buxoro shahri] qadim zamonlardan buyon suvining xushta’mligi, havosining tozaligi, xizmatkorlarining epchilligi, chorvasining ko‘pligi, noz-ne’matlar mo‘l-ko‘lchiligi va xalqining bisyorligi bilan tanilgan va mashhur ekan.
Ayniqsa, ulug‘ amir hazrat Sohibqiron (Amir Temur)ning-Alloh uning shuhratini yorqin qilsin, - humoyun zamoni va baxtli ayyomida, [Movarounnahr] yer yuzi mamlakatlarining poytaxti bo‘ldi. Jahonning turli joylaridan hunarmandlar, fozillar va muhandislar ul yerga kelib yashay boshladilar. Ul diyorning odamlari on hazrat va uning bola-chaqalari xayrixohligi soyasida hamda marhamati himoyasida turfa hodisalardan asralgan va omonlikda umr kechiradilar.
Hozir, ya’ni hijriy sana 823 (milodiy 1420) yilga yetganda, o‘n bir yil bo‘ldiki jahon va jahon ahlining hukmdori, saodat va hukmronlik falakining quyoshi, parvardigor inoyati ila tasdiqlangani haqiqat, davlat, din va dunyo homiysi Ulug‘bek ko‘ragon,-Alloh uning podshohligini va sultonligini abadiy etsin,-davlati baxtiyor­ligida tinchlik-osudalik quyoshi ul [o‘lkaning] havosi va fazosida parvozda erur; obodonchiliklari itir falagi18 bilan hamroz bo‘lmish: tevarak-atroflari esa tozalik va tarovat bobida jannat bog‘lari bilan tenglashmish; turli noz-ne’matlar [mo‘l-ko‘lligi] jihatdan barcha iqlimlarda mumtoz bo‘lmish. Uning davlati ko‘lankasi dunyo iqlimlari, xususan, Movarounnahr aholisi uzra doim tushib tursin Muhammad va uning taqvodor avlodi haqqi-hurmati!



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin