Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə21/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Исхоков Тарихий география

Topshiriqlar variantlari:

  1. Mavzuni o‘rganishda turli adabiyotlarda mavjud ma’lumotlarni jamlash, tahlil etish birinchi savolning asosiy mazmunini ochib berishga e’tibor qaratish.

  2. Ikkinchi va uchinchi asosiy savol mohiyati haqida ma’lumotlar, faktlar berish, voqea-hodisaning sabablarini ochib berish lozim.

  3. Tarixiy voqeani qiyoslash va solishtirish, tahlil etish orqali mustaqil fikr va xulosalar tayyorlash.



Nazorat savollari:
1) Mavzuning mohiyatini sharhlang!
2) Mavzu bo‘yicha manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni bilasizmi?
3) Mavzuda keltirilgan tarixiy hudud bugungi qaysi viloyat, shahar hududiga to’ri keladi?
Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati:
1. Бўриев О. Марказий Осиё тарихий географияси, ЎзМУ, Т., 2014
2. Камалиддинов Ш.С. Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязичним источникам IХ – начала ХIII вв. Т., 1996.
3. Merrills A.H. History and geography in Late Antiquity, Cambridge University Press, 2005, P. 406
4. Бўриев О. Ал-Фарғоний ва унинг илмий мероси. Т., 1998.
5. Малявкин А.Г. Историческая география Центральной Азии (Материали и исследования). Новосибирск СО, 1981
6. Муҳаммад ибн Мусо ал-Хоразмий. Танланган асарлар (Кириш сўз, таржима ва изоҳлар А.Аҳмедовники). Т., 1983.


Seminar mashg‘uloti-VI. Al-Idrisiyning geografik asari va Markaziy Osiyo xaritasi (Yoqut al-Hamaviy)

Al-Idrisiyning xaritalari. Abu Abd Alloh Muhammad ibn Muhammad ibn Abd Alloh ibn Idris (560/ 1165vafot etgan). Marokashning Seut shahridan bo‘lib, Malagani shahrini egallagan taniqli oila farzandi bo‘lgan. Kordovada ta’lim olib, Yepropa, Shimoliy Afrika va kichik Osiy davlatlariga ko‘p bora safar qilgan. 548-1154 yilda u Palermo shahriga keladi va Sisilyalik Norman qiroli Rodjer II qarorgohida qoladi. Al-Idris Rodjer uchun kumushdan osmon qobig‘i va o‘sha davrda mashxur bo‘lgan davlatlarning tasviri tushirilgan va geografik nomlarga ega bo‘lgan yassi sharni tayorlab taqdim etadi. U o‘z mehnatini “ Nuzxat al-Mushtoq fi-Xtirak al-Afoq” (Ufq davlatlarini aylanib chiqish zavqi) deb atadi. Bu asar “Rodjer kitob”i deb ham nomlanadi va unga bag‘ishlanadi. Al-Idrisiy asarlari mashxur va katta xajmli geografik ilk qo‘lyozmalardir. Bu qo‘l ilmiy ish IX-X asr arab geograf­shunoslarining ishlaridan so‘ng tuzilgandir. Unda Yevropadan to Afrikaga qarab joylashgan davlatlarning to‘liq sharxi berilgan. Al-Idrisiy o‘zining asarida Ptolomey ma’lumot­lari asosida vujudga kelgan ko‘hna arab geografiyasi an’analariga suyangan. U yer yuzasini 7 ta iqlim va xar bir iqlimni 10 ta qismga taxsimlagan. Osiyoni sharxlash borasida ibn Xaukal va al-Jayxoniy ma’lumotlari yotadi. Bu ma’lumotlar xalifalikning sharqiy qismlariga safar qilgan savdogarlar va elchilarning xisobotlari orqali to‘ldirilgan. Al-Idrisiyning 6 ta ro‘yoxati jahon turli qo‘lyozmalar fondida saqlanishi ma’lum. 1592 yilda Rimda bu ilmiy ishning ma’lum qismi nashr qilindi. 1836 – 1840 yillarda to‘liq fransuzcha tarjimasi Jober tomonidan amalga oshirildi. Ma’lum qismlarning ruscha tarjimasi ham mavjud. Al-Idrisiyning ilmiy ishiga bir necha xarita ilova qilingan bo‘lib, ularning birida Markaziy Osiyo ham tasvirlangandir.




Istaxriy va uning “Kitob masolik ul-mamolik” asarida berilgan
toponomik ma’lumotlar
Mashhur arab geograf olimi va sayyohi Istaxriy yoki Abu Is’hoq Ibrohim ibn Muhammad al-Forsiydir. Taxminan 850-yilda Eronning Fors viloyatida tug’ilib, taxminan 934-yilda vafot etgan. U 915-yildan boshlab Eron, Movarounnahr, Suriya, Misr va Mag’rib bo’ylab sayohat qilgan. Mana shu sayohat vaqtida to’plangan boy daliliy material va zamondoshi Abu Zayd Ahmad ibn Sahl al-Balhiyning “Suvar al-aqolim” (“Iqlimlar surati”) kitobi asosida 930-933-yillarda o’zining “Kitob masolik ul-mamolik”(“Mamlakatlarga boriladigan yo’llar haqida kitob”) nomli qimmatli asarini yozgan.
Asar yigirma bobdan iborat. Unda musulmon mamlakatlari (Arabiston, Mag’rib, Misr,Suriya, Iroq, Eron, Movarounnahr) , Shuningdek, Hindistonning chegaralari, iqlimi, ma’muriy bo’linishi, mashxur shaharlari, ularga olib boriladigan yo’llar, aholisi va uning mashg’uloti, atoqli kishilari, savdo-sotiq va boshqa masalalar bayon etilgan. O’lkalar tavsifiga ularning xaritalari ham chizib ilova qilingan. Movarounnahr tavsifi va xaritasida O’rta Osiyoning suvlari (Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, kanallar), aholi maskanlari kabilar to’g’risida ma’lumot bor.
“Kitob masolik ul-mamolik” asarining asl matni uch marta 1870, 1927 va 1967-yillari Leydenda chop etilgan. U Abulmahosin Muhammad ibn Sa’d ibn Muhammad an-Naxchivoniy tomonidan XVI asrning ikkinchi yarmida fors tiliga tarjima qilingan, qo’lyozma nushalari Sankt-Peterburg va Toshkentda saqlanmoqda13.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin