Topshiriqlar variantlari:
Mavzuni o‘rganishda turli adabiyotlarda mavjud ma’lumotlarni jamlash, tahlil etish birinchi savolning asosiy mazmunini ochib berishga e’tibor qaratish.
Ikkinchi va uchinchi asosiy savol mohiyati haqida ma’lumotlar, faktlar berish, voqea-hodisaning sabablarini ochib berish lozim.
Tarixiy voqeani qiyoslash va solishtirish, tahlil etish orqali mustaqil fikr va xulosalar tayyorlash.
Nazorat savollari:
1. “Tarixiy xarita” nima?
2. Kartografiya tarixiy xaritashunoslikda qanday o‘rin tutadi..
3. Kartografik ma’lumotlar tarixiy-manbashunoslikda qanday o‘rin tutadi?
Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati:
1. Бўриев О. Марказий Осиё тарихий географияси, ЎзМУ, Т., 2014
2. Камалиддинов Ш.С. Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязичним источникам IХ – начала ХIII вв. Т., 1996.
3. Merrills A.H. History and geography in Late Antiquity, Cambridge University Press, 2005, P. 406
4. Бўриев О. Ал-Фарғоний ва унинг илмий мероси. Т., 1998.
5. Малявкин А.Г. Историческая география Центральной Азии (Материали и исследования). Новосибирск СО, 1981
6. Муҳаммад ибн Мусо ал-Хоразмий. Танланган асарлар (Кириш сўз, таржима ва изоҳлар А.Аҳмедовники). Т., 1983.
Seminar mashg‘uloti-V. Klassik arab geograflari maktabi.
Ibn Xavqal va al-Istaxriy xaritalari
Ayni paytda Ibn Xavkalning X asrdagi Movaraunnahr kartasi hozirgacha ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Kartada:
Hisor. Turkiston va Zarafshon tog'lari
Iskandar ko'l.
Zarafshon daryosi
Qorako'l
6. Amudaryo
Orol dengizi
7. Sirdaryo
kiritilgan bo'lib dunyoning markazi sifatida bular Makkayu Madinaga qaratilgan edi.
Ibtidoiy jamoa davridanoq inson ilk kartalarni yarata boshlagan. Masalan: Geograf Frits Redniger «Shvisariyadagi tarixdan avvalgi kartografik rasmlar» nomli asarida shvesariyadagi g'orlardan topilgan ikkita suyak plastinkani o'rganish natijasida, plastinkalardagi tasvirlar o'sha joyga oid asosiy yo'llar tasvirlanganligini aniqlaganini yozadi. U ovchilik va baliqchilik keng tarqalgan hududlarda shakllangan. Chunki ibtidoiy davrda odamlarning o'zlari yashaydigan manzildagi yo'llar, so'qmoqlar, daryolar haqida ma'lumotga ega bo'lishlari ularning moddiy turmush – tarzlarining yaxshilanishiga, hamda tabiat oldidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishlariga yordam bergan.
Ilmiy adabiyotlarda qadimgi kartalar va kartografiyaning shakllangan davri haqida aniq javob yo'q. Ammo bizgacha yetib kelgan kartografik tasvirlar mil. avv. III- II ming yilliklarga oiddir. Ular orasida shimoliy Italiyaning Kamonika vodiysidan topilgan bronza davriga oid (mil.avv. II ming yillik o'rtalari) kartografik tasvirlarda dalalar, so'qmoqlar, irmoqlar va sug'orish kanallari aks ettirilgan8.
Qadimgi karta -tasvirlar gil taxtachalar, papirus va pergamentlarga chizilgan bo'lib, qadimgi tarixiy ma'lumotlarni o'ziga aks ettirgan. Kartalar yaratish an'anasi ilk bor qadimgi boy madaniyatli xalqlar – ossuriyaliklar, bobilliklar, misrlik va finikiyaliklarda eramizdan bir necha ming yil avval shakllangan. Tarixdan ma'lumki, miloddan avvalgi 2300 yillardanoq qadimgi bobilliklar ilk kartalarni chizib qoldirganlar. Mazkur kartada yerning ba'zi qismlari o'z aksini topgan edi.
Endi karta, kartografiya va tarixiy kartografiya tushunchalariga izoh berib o'tmoqchimiz. Antik davrda kartalar uchun maxsus atama bo'lmagan. Qadimgi Rim imperiyasida kartografik tasvirlarni tabula (doska) deb atashgan. Karta so'zining qo'llanishi Uyg'onish davrida «charta» (varaq qog'oz), yunon tilida «xartes» (papirusdan yasalgan qog'oz) ma'nosi bilan bog'liqdir. Bu atama ilk bor XIV asrda Portugaliyada chizilgan kartalarda uchraydi. Demak karta so'zi «xartes» so'zidan olingan bo'lib, yozuv uchun mo'ljallangan papirus varag'i degan ma'noni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |