Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə17/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Исхоков Тарихий география

Topshiriqlar variantlari:

  1. Mavzuni o‘rganishda turli adabiyotlarda mavjud ma’lumotlarni jamlash, tahlil etish birinchi savolning asosiy mazmunini ochib berishga e’tibor qaratish.

  2. Ikkinchi va uchinchi asosiy savol mohiyati haqida ma’lumotlar, faktlar berish, voqea-hodisaning sabablarini ochib berish lozim.

  3. Tarixiy voqeani qiyoslash va solishtirish, tahlil etish orqali mustaqil fikr va xulosalar tayyorlash.


Case study”
Tarixiy voqeani qiyoslash va solishtirish, tahlil etish orqali mustaqil fikr va xulosalar tayyorlash.




Nazorat savollari:
1) Mavzuning mohiyatini sharhlang!
2) Mavzu bo‘yicha manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni bilasizmi?
3) Mavzuda keltirilgan tarixiy hudud bugungi qaysi viloyat, shahar hududiga to’ri keladi?


Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati:
1. Бўриев О. Марказий Осиё тарихий географияси, ЎзМУ, Т., 2014
2. Камалиддинов Ш.С. Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязичним источникам IХ – начала ХIII вв. Т., 1996.
3. Merrills A.H. History and geography in Late Antiquity, Cambridge University Press, 2005, P. 406
4. Бўриев О. Ал-Фарғоний ва унинг илмий мероси. Т., 1998.
5. Малявкин А.Г. Историческая география Центральной Азии (Материали и исследования). Новосибирск СО, 1981
6. Муҳаммад ибн Мусо ал-Хоразмий. Танланган асарлар (Кириш сўз, таржима ва изоҳлар А.Аҳмедовники). Т., 1983.


Seminar mashg‘uloti-III. Al-Xorazmiyning “Surat al ard” geografik asrida Markaziy Osiyo

“Kitab surat al-Ard” - Arab tilidagi geografiyaga bag’ishlangan birinchi asar bo’lib, unda Geodeziyaga oid mulohazalar ham keng o’rin tutgan. Ushbu asarda al-Xorazmiy 2402 ta aholi yashash joylarini, shuningdek, tabiiy obyektlarni bir nechtasini aniq koordinatalar asosida harita-tasvirini keltirgan. U shuning­dek Geografik masalalrni hal etishda matematik yechimlarni kiritish usullarini bayon qilib, topologic hisoblashlar va joy koordinatalarini aniqlash usullarini matematik jihatdan asoslab beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, mazkur asarida al-Xorazmiy Ptolomey va boshqa geograflarning asarlariga aniqliklar va tuzatushlar kiritadi. Uning tuzgan haritasi Ptolomey haritasiga nisbatan, aniqroq bo’lganligi tarixiy faktdir.


U mazkur asarni mukammallashtirish maqsadida Xazar, Xuroson, va Vizant yerlariga ekspeditsiyalar uyushtiradi, joyning geografik (sharqiy, g’arbiy) uzunligi va kengligi (shimoliy va janubiy) tushunchaliriga ta’riflar va tushun­tirushlar keltiradi.
Abu Ja’far (Abdulloh) Muhammad in Muso al-Xorazmiy (أبو عبد الله محمد بن موسی الخوارزمی) - dunyo ilm faniga misilsiz ulkan hissa qo’shgan alloma, Algebra fani va Algoritm terminlarining “otasi”, buyuk matematik, ­ tarixchi, ­ falakkiyot­shunos, geograf sifatida butun dunyoga mashhur. Buyuk alloma vatandoshi­miz­ning shahsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar nihoyatda kam miqdorda saqlanib qolgan. Manbalarda ko’rsatilishicha Al Xorazmiy 783 yilda Xorazmda taval­lud topgan. Bu davr musulmon sharqida ilmiy uyg’onish, ilm fanning gurkirab rivojlanayotgan davri bo’lib, al-Xorazmiy Movorounnaxr va Xorazmdagi o’z zamonasining yetuk olimlaridan ilm tahsil qiladi. U qadimgi hind va yunon ilm fani bilan mukammal tanishib, ular asosida va o’z ilmiy tadqiqotlari boy’icha risolalar yozishni Xorazmdaligida boshlagani ma’lum.
819 yilda esa u halifalik poytaxti – Bog’dodga yetuk alloma sifatida kelgan, va halifa al-Ma’mun (813-873) tomonidan tashkillangan «Baytul-Hikma» ya’ni «Donishmandlar uyi» ga rahbarlik (!) qilgan. Shuningdek u halifaning saroydagi ishonchli kishilaridan biri, maslahatchisi bo’lganligi qayd qilingan. Halifa Ma’mun, hali taxtga o’tirmagan vaqtda (ya’ni valiahdlik vaqtida ) halifalikning sharqiy hududlarida halifa noibi bo’lib hizmat qilgan va o’sha davrda al-Xorazmiy bilan yaqindan tanishib, uning ilmiy salohiyatini to’g’ri baholagani va uni ­ Bog’­dod ­ yaqinidagi Qatrabula shahriga joylashtirganligi tarixiy manbalarda keltiriladi. Al-Xorazmiy ham o’z navbatida halifa Ma’munning ilm fanga qaratgan diqqat e’tiborini yuqori baholab, u haqida «ilmga muhabbati va olimlarni o’z atrofiga yig’ishi, ularni o’zining davlandtmandlik qudrati qanotlari bilan himoyalab, ular ­uchun ­ mush­kul bo’lgan (muammo)larning oson hal bo’lishiga va ular uchun tushunarsiz bo’lgan (hodisalar)ning tushunarli bo’lishiga doimo yordam beruvchi odil hukmdor » sifatida ta’riflaydi.
“Baytul-Hikma” - o’ziga xos sharqona akademiya bo’lib, Ma’mun «Baytul-Hikma»sida o’z davrining eng yetuk tafakkur egalari, halifalikning barcha yerlaridagi olim va fozillar aynan «Baytul-Hikma»da yig’ilib, hamjihatlikda ish olib borishar edi. Bu akademiyada nihoyatda ulkan va boy ilmiy me’rosga ega bo’lgan kutubxona, astronomik tadqiqotlar uchun qulay rasadxona va qadimgi yunon ilm faniga doir ko’plab qo’lyozmalarning tarjimalari bilan shug’ullanuvchi tarjimonlar va hattotlar ish olib borardi. Aynan shu davrda, Ma’mun «Baytul-Hikma»sida al-Farg’oniy, Inb Turk, al-Kindi kabi ko’plab buyuk olim va faylasuflar ish olib borishgan. Halifa Ma’munning shahsan topshirig’iga ko’ra, al-Xorazmiy yer shari o’lchamlari – hajmi va uzunligini o’lchovchi asbob yasash ustida ish olib boradi. 827 yilda u boshchiligidagi ilmiy guruh, Sinjor cho’lida yer shari meridianining yoy uzunligini o’lchash ishlarini olib boradi. Sinjar cho’lida al-Xorazmiy boshchiligidagi guruh qayd etgan meridian yoyi uzunligi, keying 700 yil davomida aniqligi bo’yicha eng nodir natija bo’lib qoldi va barcha ilmiy qo’llanmalar uchun dasturul-amal bo’lib hizmat qildi. Bu esa ulug’ vatandoshimizning Geodeziya sohasida ham muhim ilmiy salohiyatidan darak beradi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin